So’nggi yangiliklar

09:05"Реал"нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  0 08:28Руни қайси клубда ўйнаш армон бўлиб қолганини маълум қилди  0 07:56"Ливерпуль" афсонаси вафот этди  0 07:27Бугун тарихда илк бор "Ҳумо арена"да футзал учрашуви бўлиб ўтади  2 07:05Миллатлар лигаси. Германия - Венгрия, Немислар йирик ғалаба билан бошлашди, Мусиалада 1+3  0 06:53Миллатлар лигаси. Ирландия - Англия, Райс ва Грилиш собиқ терма жамоаларига гол уришди  0 01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  5 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  4 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  4 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  10 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  4

"Paxtakor"ning mavsumlar oralig'idagi 3 xatosi Yangiliklar

"Paxtakor"ning mavsumlar oralig'idagi 3 xatosi

Jamoalarimizg mag'lubiyatga uchragan o'yinlardan keyin etirozlar, kamchiliklar va tanqidlar yuzaga kelishiga odatlanganmiz. Buni tabiiy hol sifatida ham qabul qilishimiz mumkin.

Hozir "Paxtakor"ning OCHLdagi o'yinlari, uning atrofidagi voqealar va mag'lubiyat sabablarini izlamoqchi emasman. SHundoq ham bu borada ko'p va xo'b gapirilyapti. CHunki jamoaning hozirgi kamchiliklari, yo'l qo'yilayotgan xatolari kecha yoki bugun yuzaga kelmagan. Hammasi mavsum start olmasdan oldin boshlanib bo'lgandi. Quyida shu haqida gap boradi.

Odil Hamrobekovdan so'ng ochiq eshikka aylangan tayanch yarim himoyasi

Har qanday jamoada tayanch yarim himoyachilar muhim o'rin tutadi. Ushbu poziciya vakillarining asosiy vazifasi raqib hujumini buzish, yani "qora" ishni bajarish va jamoasining yangi hujumini faollashtirish. SHu mavsumga qadar "Paxtakor"da bunday masuliyat Odil Hamrobekovning zimmasiga yuklatilayotgan va u vazifasini alo darajada uddalayotgandi. Jamoa hujumlarining keskin tus olishida CHeranning xizmatlari katta bo'lsada, ungacha bo'lgan jarayonda barcha ishni Hamrobekov va Sobirxo'jaev juftligi amalga oshirardi. "Paxtakor"da qolishi kutilgan yarim himoyachi qishning so'nggi kunlarida BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasiga ijaraga berildi. Agarda bunday vaziyat yuz berishiga moliyaviy qiyinchilik sabab bo'lgan bo'lsa, amirliklar klubi Hamrobekov uchun arzimas pul o'tkazib bergan. Odilning ketishi jamoaning tayanch yarim himoyasida katta teshikni hosil qildi. Etibor bergan bo'lsangiz, "Trakor", "SHarja" bilan o'yinlarda raqiblar deyarli barcha gollarni markazdan yorib o'tib urishdi. Yarim himoyachilar va keyingi planda himoyachilar Kayoning erkin harakat qilishiga yo'l qo'yib berishdi.


Igor Sergeevning qo'yib yuborilishi

Jamoaning hujum chizig'ida katta hajmdagi ishni bajarib kelgan, ko'plab gollari bilan qiyin pallalarda yordamini ayamagan Igor Sergeev joriy yilning boshida "Aktobe"ga yo'l oldi. Natijada jamoada birgina forvard Eren Derdiyok qoldi, xolos. Unga raqobatchi esa ayni paytda yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Umuman shveycariyalik hujumchining Sergeevdan deyarli ustun joyi yo'qligiga nafaqat biz, balki oddiy muxlis ham guvoh bo'ldi. Statistika: 2020 yil Superligada Sergeev 24ta o'yinda 16 ta gol urgan, OCHLda 2ta, O'zbekiston kubogida 4ta gol urgan.  Eren Derdiyok 22ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 9 bor aniq nishonga olgan. OCHLda 2ta gol, mamlakat kubogida 3 bor raqib darvoasini ishg'ol qilishga erishgan. O'zingiz xulosa qilib olishingiz mumkin.  Bilishimizga qaraganda, o'tgan mavsum yakunida klubning sobiq prezidenti Sergeevga yiliga yaxshigina summani taklif qilgan. Dastlab, Igor bu taklifga rozilik bildirmagan. Oradan qisqa vaqt o'tgach Sergeev mayli deya ko'nadi. Biroq klubning sobiq prezidenti unga boshqa jamoa topaverishini aytgan. Bugungi kunda "Paxtakor"da yuqorida tilga olingan ikki shaxs ham yo'q. Bundan kim zarar ko'ryapti? Albatta, jamoa. "Nasaf" bilan Superkubok bahsi boshlanishidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida hujumdagi muammo haqida Piter Xyuistraga yuzlanganimda u shunday degandi: 

- Ulug'bek Hoshimov, SHohrux Mahmudxojievlar hujumda muammo bor paytda boshqa jamoalarga berib yuborilishi tushunarsiz holatdek tuyuldi. Bunga munosabatingiz qanday?  - Aytib o'tgan ikki futbolchingizni boshqa jamoaga borib qo'shilishi tabiiy holat. Gohida futbolchini kelajagi va tajriba to'plash uchun qo'yib yuborish kerak bo'ladi. Umid qilamanki, kuchliroq bo'lib qaytishadi. Demak, bundan tashqari yangi futbolchilar hujum chizig'ida o'ynay olishadi. Eren jarohat olsa, yangi ijrochilarni hujumda o'ynatamiz. Transfer oynasi hali yopilmadi. Hujumchi qidirish ishlari davom etmoqda. To'g'ri, o'tgan yilgiga qaraganda hujumda muammo bor. O'ylaymanki, avvalgi mavsumdagidan o'yin uslubida, natijalarda katta farq bo'lmaydi.

Jamoa transferlar vaqtida boshqa hujumchi ololgani yo'q. Piter Xyuistrada boshqa variant ham bor edi. Yuqoridagi dialog savolida keltirilganidek Ulug'bek Hoshimov va SHohruh Mahmudxojiev variantini sinab ko'rish. Bu haqida keyinroq.


Hujumchi yo'q pallada Hoshimovning "Neftchi"ga berib yuborilishi

Tepada takidlanganidek Piter Xyuistraning oldida hujumda sinab ko'rish uchun Sergeev ketgan taqdirda yana bir nomzod bor edi. Bu o'rinbosarlar jamoasida to'p tepgan, O'zbekiston yoshlar termasi azosi Ulug'bek Hoshimovdir. "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hujumchi bu yil asosiy tarkibda kashfiyotlardan biri bo'lishi va katta ehtimol Derdiyokka raqobat tug'dirishi mumkin edi. Biroq, shundoq ham hujumda muammolar girdobiga o'ralashib qolgan klub Hoshimovni "Neftchi"ga transfer qildi. Bu esa mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Niderlandiyalik murabbiy "SHarja" bilan bahsda CHeranni hujumda sinab ko'rdi. Biroq u ko'proq hujumchi ortida foydaliroq ko'rinadi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Neftchi" Hoshimov uchun 200 million so'm to'lagan. Klub shuncha tarbiyalab arzimas pulga berib yubormoqda. Eslasangiz paytida Eldor SHomurodovning transferidan "Bunyodkor" ham kam miqdorda pul olgandi. 

Malumot o'rnida takidlash joizki, Ulug'bek Hoshimovga o'tgan mavsum "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze bitta o'yinda imkoniyat taqdim qildi. Superliga 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" bilan kechgan uchrashuvning 85-daqiqasida maydonga tushgan va 6 daqiqa o'ynagandi. Yana bir malumot, futbolchi bugungi kunda Eldor SHomurodov mijozi bo'lgan "Prosport managament" agentligi bilan shartnoma imzolagan. Bundan tashqari, "Paxtakor" futbolchilari Xojimuhammad Erkinov, Ibrohim Halil Yo'ldoshev ham shu agentlikka tegishlidir. Bu mish-mish yoki oddiy gap emas. Tashkilot o'zining instagramdagi kanali bu borada aniq malumot bergan. Balki, tez  orada Hoshimovni legioner sifatida biror xorij jamoasida ko'rarmiz. 



"Paxtakor"ning guruh bosqichida uchta o'yini qolgan. Piter Xyuistra mavjud muammolarni qisqa vaqtda qay darajada hal qila olishini vaqt ko'rsatadi. Nima bo'lganda ham niyatimiz xolis. Zero do'st achitib gapirar, dushman kuldirib. Maqsadimiz dushmanlik emas. O'zbekiston nomidan xalqaro maydonda ishtirok etayotgan jamoamizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика