

- Murabbiylar ko'rsatmalarini bajarishga harakat qildik. Bu bazida o'xshadi, bazida o'xshamadi. Yangi murabbiy qo'l ostida jahon chempionatigacha optimal holatga chiqishga harakat qilyapmiz. G'alaba bilan xalqimiz va muxlislarimizni tabriklayman.
- Fabio Kannavaro boshchiligidagi endi ikkinchi yig'in o'tmoqda. Birinchisida Urugvayga qarshi bahsda qiyinchiliklar bo'lgani sezildi. Bugun esa chiroyli o'yin. Yangi murabbiy qo'l ostida ishlash qanday kechmoqda?
- O'yinga bo'lgan tizimni oldingi o'yindagidan o'zgartirib yubormaslikka harakat qildik. Shu sababli tushunmovchiliklar bo'lmayapti. Endi oldingi o'yinlarimizga qarab, bu tizimni mukammallashtirish ustida ishlayapmiz.
- Eron bilan o'yin oldidan fikrlaringiz.
- So'nggi yillarda Eronga qarshi ko'plab o'yinlar o'tkazdik. U erda jamoadoshlarim ham bor. Qiziqarli final bo'ladi deb o'ylayman. Eron termasidagi jamoadoshlarim finalga chiqqanimiz bilan tabriklashdi, - dedi Hamrobekov.



