"Paxtakor": Jarohatlangan futbolchilar safga qaytmoqda
27 iyu 2015 12:24
Yangiliklar


"Paxtakor": Jarohatlangan futbolchilar safga qaytmoqda
Mavsumning birinchi qismini jarohat sababli o'tkazib yuborgan futbolchilarimiz safga qaytishga hozirlik ko'rishmoqda.
Kamoliddin Tojiev qishdagi yig'in chog'ida jarohat olgandi. Operaciyadan keyin tiklanish jarayonini o'tkazgan himoyachimiz "So'g'diyona" bilan nazorat bahsida bir bo'lim maydonda harakat qildi. U ikkinchi davrada jamoamizga yordam berishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi Jamshid Iskanderov esa Andijonda jarohatini qaytalab olgandan keyin tiklanish mashqlarini bajarish bilan band. U asta-sekinlik yakka tartibdagi mashqlarni bajarmoqda.
Yosh futbolchi Jamshid Boltaboev avgust oyi boshidan shug'ullanishni boshlaydi. Hozircha u ham yakka tartibda mashq qilishga kirishadi.
Hujumchi Elyor Mo'yiddinov esa jarohatidan davolandi va ikkinchi davradan yana yoshlar jamoasi safida maydonga tushish imkoniyatiga ega.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar