So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  5 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

"Paxtakor" o'rtoqlik uchrashuvida "Zenit"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Paxtakor" o'rtoqlik uchrashuvida "Zenit"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

"Paxtakor" BAAdagi yig'in doirasida birinchi nazorat o'yinini "Zenit"ga qarshi o'tkazdi.

 

Soat 12:00da boshlanadigan bahsni quyidagi link orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin. 





Bundan tashqari ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 

O'rtoqlik uchrashuvi. 

24.01.2021. Dubay, "Nad Al SHeba"

"Paxtakor" - "Zenit" 0:3 

Bosh hakam: Mixal Ochenash (Slovakiya)

Gol: Andrey Mostovoy 2, 0:1 Stanislav Krapuxin 16, 0:2 Andrey Mostovoy 57, 0:3

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Egor Krimec (S), Farrux Sayfiev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Hojimat Erkinov, Asadbek Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Eren Derdiyok

Zaxira: Eldor Suyunov, SHahzod Azmiddinov, Marlen CHobanov, SHerzod Azamov, Akrom Komilov, Vladimi Kozak, Humoyunmirzo Iminov, Ruslan Roziev, SHerzod Temirov, Ibrohimhalil Yo'lodoshev, Ulug'bek Hoshimov.

"Zenit": 78. Aleksandr Vasyutin, 2.Dmitriy CHistyakov, 3.Duglas Santos, 4.Danil Krugovoy, 54.Saba Sazonov, 87.Danila Proxin, 5.Vilmar Barrios, 17.Andrey Mostovoy, 27.Magomed Ozdoev, 92.Daniil SHamkin, 36.Stanislav Krapuxin.

Zaxira: 91.David Byazrov, 93.Mixail Pogorelov.


MATNLI TRANSLYACIYA 


Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" xorijdagi ilk o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. 

75. SHerzod Temirovning uzatmasi noaniq. 

68. O'yin tempi o'rtacha. To'p nazorati "sherlar"da. 

57. GOOOOOOL. Andrey Mostovoy jamoasining uchinchi golini, o'zining esa o'yindagi ikkinchi golini urdi. 

56. PENALTIIII. "Paxtakor" darvozasiga. To'p yonida Mostovoy. 

Hozircha bahsni "Paxtakor" o'z tizginida ushlab turibdi. Birinchi bo'limga qaraganda harakatlarda tartib ko'zga tashlanmoqda. Futbolchilarning ko'zida ishonch borligini sezish qiyin emas. 

Eslatib o'tamiz Xyuistra shogirdlari mazkur yig'in davomida Moskvaning "Spartak" hamda Latviyaning "Riga" jamoasi bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 

46. ZARBAAA. "Paxtakor" taymni ketma-ket xavfli hujumlar bilan boshladi. Ikki daqiqada ikkita keskin vaziyat yaratildi. 

Piter Xyuistra ikkinchi bo'limda umuman boshqa tarkibni maydonga tushirdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

40. Birinchi bo'lim yakunlandi. Ikki tomoning kelishuviga ko'ra jamoalar 40 daqiqadan ikki bo'lim o'ynashadi. 

"Paxtakor" bo'lim oxirlariga kelib ancha faollashdi. 

36. Yana Vasyutin "Zenit"ning joniga oro kirdi. 

33. ZARBAAA, DERDIYOOOK. "Paxtakor"da hisobni qisqartirish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Eren Derdiyokning jarimadan yo'llagan zarbasini raqib darvozaboni Vasyutin qiyinchilik bilan qaytardi. O'z o'rnida Vasyutin ham chiroyli seyv bilan jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolganini aytish joiz.

32. Birinchi bo'limning yarimi ortda qoldi. Vakillarimiz asta-sekin to'p nazoratini qo'lga olmoqda. Jamoaning iqtidorli futbolchisi Asadbek Sobirjonov qanotda yaxshi o'yin ko'rsatyapti. 

27. "Zenit"ning qarshi hujumini "Paxtakor" himoyachilari bartaraf etishdi. 

23. XAVFLI VAZIYAYAYAT. Asadbek Sobirjonovning jarima maydonchasiga qanotdan uzatgan to'pini jamoadoshi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Zarba xavfli tus oldi. 

21. ZARBAAA. "Paxtakor" futbolchisining yo'llagan aniq zarbasini raqib posboni qiyinchiliksiz ushlab oldi

Darhaqiqat piterliklarning hujum chizig'i vakillari juda aniq va tartibli o'ynamoqda. 

16. GOOOOOL. "Zenit" ikkinchi golni urdi. Krapuxin jamodoshi Ozdoevning super pasidan so'ng birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozasini aniq nishonga oldi. Egor Krimecning xatosi ikkinchi golga olib keldi. 

Ayni daqiqalarga qadar "Paxtakor" keskin vaziyat yarata olgani yo'q. Birinchi bo'limning 15-daqiqasi davom etmoqda. 

12. UXXXXX. Yana o'sha Andrey Mostovoy tezlik bilan oldinga o'tdi va jamoadoshini qulay vaziyatga chiqardi. Lekin yakuniy zarba noaniq. Mostovoy dastlabki daqiqalardan faol o'ynamoqda. 

10. ZARBAAA. "Zenit" futbolchisi Duglas Santosning jarimadan yo'llagan zarbasini Sanjar Quvvatov osonlikcha egallab oldi. 

8. To'p nazorati piterliklar tomonida. "Zenit"ning galdagi hujumi samarasiz

6. "Paxtakor" burchak to'pi ishladi, lekin yakuniy zarba noaniq.

2. GOOOOOL. "Zenit" tezkor gol urib o'yinda hisobni ochdi. Gol muallifi Andrey Mostovoy. "Paxtakor" himoyachilari juda qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi, yakunda Mostovoy vaziyatdan foydalanib Quvvatov darvozasini ishg'ol qildi. 

1. Slovakiyalik hakam Mixal Ochenashning hushtagi bilan o'yinga start berildi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Paxtakor" jamoasi chigalyozdi mashqlarni bajarib kiyinish xonasiga yo'l oldi.

Uchrashuv boshlanishiga hamma narsa tayyor!

Ushbu jamoalar rasmiy bellashuvda oxirgi marta 1990 yil maydonga tushishgan. Toshkentda SSSR chempionati bahsida "SHerlar" 2:1 hisobida zafar quchishgan. O'shanda Igor SHkvirin va Xoren Oganesyan "Paxtakor"dan, Dmitriy Radchenko raqibdan to'p kiritgan.

Ikki jamoa o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi boshlanishiga bir necha daqiqalar qoldi. Biz esa o'yin oldidan yana bir bor qiziqarli faktlarni

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari. Bugun katta futbol bayrami. Oradan 31 yil o'tib "Paxtakor" va "Zenit" jamoalari o'zaro to'qnash kelishmoqda. 

- Uchrashuv soat 12:00da boshlanadi 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика