So’nggi yangiliklar

14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  28 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  8 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  7 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  14 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  4 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8

"Paxtakor" va UCELL: hamkorlikning yangi ufqlari Yangiliklar

"Paxtakor" va UCELL: hamkorlikning yangi ufqlari

"Paxtakor" hujumchisi Temur Hakimov va matbuot bo'limi rahbari Nodir Abduqodirov FM-102.7 "Vodiy Sadosi" radiosida efirga chiqishni boshlagan “UCELL to'lqinlarida” dasturi mehmoni bo'ldilar.
Har haftaning chorshanba va shanba kunlari FM -102.7 "Vodiy Sadosi" radiosida “UCELL to'lqinlarida” dasturi efir yuzini ko'rmoqda. "Paxtakor" klub hujumchisi Temur Hakimov va klubimiz matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov mazkur dasturning sport olamiga mansub birinchi mehmonlari bo'ldilar. Xujumchimiz suhbat davomida o'z klubi va olimpiya terma jamoasidagi faoliyati xaqida malumotlar berdi. Dastur boshlovchilari Rustam Xudoyberganov va Sasha Demidovalar mehmonlarning jahon chempionati-2014 to'g'risidagi fikrlari bilan qiziqdilar. Suhbat juda samimiy kechdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Radiostanciya tinglovchilari SMS orqali futbolchimizga o'z savollari bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Temur Hakimov tomonidan eng yaxshi savol egasi deb topilgan inson tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'asi sohibiga aylandi.

Takidlash lozim, “Vodiy Sadosi” radiostanciyasi va UCELL mobil aloqa operatori "Paxtakor" futbol klubi hamkorlari hisoblanib, klubimiz tomonidan o'tkazilayotgan ko'plab tadbirlarda ishtirok etib kelishmoqda. Bunday tadbirlardan biri "Sog'lom bola yili" munosabati bilan o'tkazilayotgan “Omadli muxlis” ijtimoiy akciyasidir. "Paxtakor"ning ko'plab muxlislari bu akciya ishtirokchisi va g'olibiga aylanib bizning klubimiz va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan sovg'alar egasiga aylandilar.

O'z navbatida biz samimiy va qiziqarli suhbat tashkil qilgan "Vodiy sadosi" radiosi ijodiy jamoasiga minnatdorchilik izhor qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика