Franciya kubogi. "Lans" PSJga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi, Husanov jamoasini o'yinda olib qolgan goliga mualliflik qildi!
23 dek 2024 03:06
Yangiliklar
Franciya kubogi. "Lans" PSJga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi, Husanov jamoasini o'yinda olib qolgan goliga mualliflik qildi!
Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va gol urishga erishdi. Husanov jarima zarbasidan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga mixlab qo'ydi. Hamyurtimiz shuningdek 75-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Husanov penaltilar seriyasidan oldinroq, aniqrog'i 90+6 daqiqada zaxiraga olindi.
Qayd etish kerakki, hamyurtimiz bugungi kubok bahsida 5-raqam ostida o'ynadi.
"Lans" — PSJ 1:1 (penaltilar seriyasi bo'yicha — 3:4)
Gollar: 1:0 – 66 Husanov, 1:1 – 70 Gonsalu Ramush.
"Lans": Koffi, Machado (CHaves, 90), Frankovski, Medina, Danso, Husanov (Sarr, 90+6), Diuf, El Enaui, Tomasson (Sotoka, 89), Fyuljeni (David Koshta, 70), Nzola.
PSJ: Safonov, Mendesh, Pacho, Markinos, Xakimi, Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 57), Due (Gonsalu Ramush, 66), Li Kan In (Barkolya, 66), Dembele.
Ogohlantirish: Still (57), Markinos (67), Husanov (75).






O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar