"Paxtakor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yinda 3ta televizor yutib olish mumkin
26 fev 2018 15:56
Yangiliklar
"Paxtakor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yinda 3ta televizor yutib olish mumkin
Bahorning ilk kunlarida yurtimizga yana katta futbol qaytadi.
2 mart kuni O'zbekistonning 11 karra chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida 44 marta to'qnash kelishgan. 36ta o'yinda "sherlar" zafar quchishgan. To'rtta bahsda "So'g'diyona"ning qo'li baland kelgan. Qolgan 4ta uchrashuv durang bilan tugagan.
O'yin barcha ishqibozlar uchun qulay vaqtda boshlanadi - 20:00. Bahsdan oldin shou dastur o'tkaziladi. Tanaffus paytida muxlislar o'rtasida sovrinli o'yinlar o'tkaziladi. 3ta televizor va futbol to'plari muxlislarni kutmoqda.
Malumot uchun, "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi 2 mart kuni soat 19:00da "Paxtakor" Markaziy stadionida boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar