So’nggi yangiliklar

20:38Расман: Маҳмуд Маҳаммаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  3 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  0 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  0 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  8 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  32 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0

"Paxtakor" va "Lokomotiv"ning yangi bosh murabbiylari, Masharipovning transferi. Yangi haftada bizni qanday rasmiy xabarlar kutmoqda? Yangiliklar

"Paxtakor" va "Lokomotiv"ning yangi bosh murabbiylari, Masharipovning transferi. Yangi haftada bizni qanday rasmiy xabarlar kutmoqda?

Yangi 2021 yil kirib kelganiga uch kun bo'ldi. O'zbekistonda deyarli barcha xodimlar uch kun dam oldi.

Yangi haftadan barcha yana ishga qaytadi va rasmiy xabarlar chiqa boshlaydi.

Katta ehtimol bilan keyingi haftada "Paxtakor" klubining yangi bosh murabbiyi nomi elon qilinadi. SHota Arveladzening 31 dekabrgacha shartnomasi bor edi, u rasman nihoyasiga etdi. Hozirgacha klub rasmiy sayti Arveladze jamoani tark etdi deb xabar bergani yo'q. Agar qandaydir mo'jiza tufayli gruziyalik murabbiy ortga qaytmasa uning o'rniga boshqa mutaxassis tayinlanadi va bu haqda klub matbuot xizmati xabar beradi. Championat.asia saytida Arveladzening o'rniga boshqa gruziyalik murabbiy nomzodi ko'rib chiqilganini malum qilgandi. Yangi murabbiy tayinlangach uning ortidan transferlar ham elon qilina boshlanadi.



"Lokomotiv" ham yangi haftada o'zining yangi bosh murabbiyini rasman elon qiladi. Yangi murabbiy bilan 2 yillik shartnoma tuzilganini klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akromov tvitterdagi o'z sahifasida yozib qoldirdi. Championat.asia sayti esa yangi murabbiy portugaliyalik Mikael Sikeyra bo'lishi mumkinligi haqida yozdi. Bundan tashqari "Temiryo'lchilar" aslida "Qo'qon-1912"ga tegishli bo'lgan "Paxtakor"da ijarada o'ynagan Javohir Sidiqov bilan kelishib olishganini malum qildi.



Barcha kutayotgan yana bir rasmiy xabar bu Jaloliddin Masharipovning transferi. O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi ayni paytda BAAda oilasi bilan xordiq chiqarmoqda. Yangi yil bayramidan oldin futbolchi Dubayda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganini championat.asia sayti yozgandi. Saudiya Arabistonida transfer oynasi 12 yanvar kuni ochiladi. Yaqin kunlar ichida Masharipovning transferi rasman elon qilinishini taxmin qilish qiyin emas.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика