So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  0 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  2 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  4 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  59 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

"Paxtakor": Raqibimiz - "Al Hilol" Yangiliklar

"Paxtakor": Raqibimiz - "Al Hilol"

Teglar :  Al HilolPaxtakor
OCHLning 1-turidagi raqibimiz "Al Hilol" to'g'risida malumotlarni taqdim etamiz.

Mintaqamizda eng kuchli tarkiblardan biriga ega bo'lgan riyodliklar bilan bellashuv katta qiziqish uyg'otsa ajab emas. CHunki “Hilol” Osiyodagi eng mashhur jamoalardan biri sanaladi.

“AL HILOL” FUTBOL KLUBI
Tashkil topgan yili: 1957
Laqabi:
“Boss”, “ko'k qanotlar”
Stadioni: “SHahzoda Faysal Bin Fahd”, 67 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: Abdulrahmon Bin Musaad
Bosh murabbiyi: Giorgos Donis (Greciya)

Jamoa yutuqlari: 13 karra Saudiya Arabistoni chempioni (1977, 1979, 1985, 1986, 1988, 1990, 1996, 1998, 2002, 2005, 2008, 2010, 2011), 7 bor Saudiya Qiroli Kubogi sohibi (1961, 1964, 1980, 1982, 1984, 1989, 2015), 12 marta Saudiya SHahzoda Kubogi sohibi (1964, 1995, 2000, 2003, 2005, 2006, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013), 8 karra Saudiya FF Kubogi egasi (1987, 1990, 1993, 1996, 2000, 2005, 2006, 2014), Osiyo klublari chempionati g'olibi (1991, 2000), Osiyo Kubok egalari kubogi g'olibi (1997, 2002), Osiyo Superkubogi sohibi (1997, 2000), Arab Ko'rfazi klublari chempionati g'olibi (1986, 1998), Arab CHempionlar ligasi g'olibi (1994, 1995).

1957 yil tashkil etilgan jamoa shu paytgacha jami 56 bor turli musobaqalarda g'oliblik nashidasini surgan. OCHLning eski formati sanalgan Osiyo klublari chempionatida ham 2 marta zafar quchgan. “Al Hilol” Osiyoning o'tgan asrdagi eng yaxshi jamoasi deb tan olingan.

Jamoa safida milliy terma jamoaga nomzodlar va 4 nafar legioner bor. Koreyalik Kvak Tay Xvi va braziliyalik Digao himoyada to'p tepadi. Braziliyalik Karlos Eduardo va Ailton jamoa hujumlarini tashkil qilishga masul. Bu legionerlarning barchasi yuqori saviyada o'yin ko'rsatadi.

Eduardo, Ailton va SHalhub texnik imkoniyat va driblinglar orqali raqibga bemalol xavf solib, 2-3 futbolchini ortda qoldirishadi. Hujumkor futbolchilar ushbu jamoaning asosiy kuchi sanaladi. “Al Hilol” marketing borasida juda yaxshi natijalarga ega. Turli shartnomalar orqali jamoa har yili o'nlab million dollarga teng mablag'ni o'zi ishlab topadi. Yana translyaciya, homiylik bitimlari va chiptalar sotuvidan ham jamoa ancha katta mablag'ga ega bo'ladi.

Joriy mavsumda “Hilol” chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Jamoa taqibchisi “Ahli”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi grek Giorgos Donis o'tgan mavsumda ikki, joriy mavsumda bir kubokda zafar quchishni uddaladi. Endi uning oldida chempionat va CHempionlar ligasida zafar quchish vazifasi turibdi. Jamoa har yili OCHLda bosh sovringa ega chiqish vazifasini oldiga maqsad qilib qo'yadi. Legionerlardan tashqari Qahtoni, SHalhub, Kariri, SHahroni va SHamroni ham yuqori saviyada o'yin namoyish qiladi.

Giorgos DONIS
Tug'ilgan sanasi:
22.10.1969
Tug'ilgan joyi: Frankfurt, Germaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1990-1991 “Jiannina” 52 (7), 1991-1996 “Panatinaikos” 107 (31), 1996-1997 “Blekbern” 22 (2), 1997-1998 AEK 30 (2), 1999 “SHeffild Yunayted” 7 (1), 1999-2000 “Xaddersfild Taun” 21 (0), 2000-2001 AEK 13 (0).

Greciya terma jamoasida 24 o'yinda 5 gol urgan.

Boshqargan jamoalari: 2002-2004 “Ilisiakos”, 2004-2008   AEL, 2008-2009 AEK, 2009-2012”Atromitos”, 2012-2013   PAOK, 2013-2015 APOEL, 2015 yildan “Al Hilol”da.

Darvozabonlar

1. Xolid SHarahili
22. Fahad Tunayyan
30. Muhammad Vaqid

Himoyachilar
2. Muhammad Breyk
4. Abdulloh Zori
5. Ahmad SHarahili
12. Yosir SHahroni
23. Kvak Tay Xvi (Janubiy Koreya)
26. Digao (Braziliya)
33. Marvin Haydari
51. Zahim Fahad
70. Muhammad Jahfali

Yarim himoyachilar
3. Karlos Eduardo (Braziliya)
6. Muhammad Qarni
7. Salman Faraj
8. Abdulloh Otayf
10. Muhammad SHalhub
11. Abdulaziz Davsari
14. Saud Kariri
18. Abdulmajid Savatt
19. Xolid Kaabi
24. Navaf Obid
25. Faysal Darvish
27. Abdulkarim Qahtoni
29. Salim Davsari
37. Abdulaziz SHarid

Hujumchilar

9. Ailton (Braziliya)
15. Nosir SHamroni
16. Yusuf Salim
20. Yosir Qahtoni

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика