So’nggi yangiliklar

00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  26

"Paxtakor" o'z missiyasini bajarish uchun Dohaga etib keldi Yangiliklar

"Paxtakor" o'z missiyasini bajarish uchun Dohaga etib keldi

CHarter reys orqali kecha oqshom Qatarning Doha shahriga etib kelgan "Paxtakor" jamoasi ertangi muhim o'yinga jiddiy taraddud ko'rmoqda.

Bugun OCHL 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan rejalashtirilgan o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'tkaziladi.

Dastlab mezbonlar, yani "Al Sadd" jamoasi bosh murabbiyi Jezualdu Ferreyra va raqib futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. So'ngra "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze va jamoa sardori Egor Krimec jurnalistlar savollariga javob qaytarishadi. SHundan so'ng "Paxtakor" jamoasi "Jassim Bin Hamad" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi.

Qayd etish kerakki, Qatarning Doha shahriga kecha etib kelgan "Paxtakor" jamoasi bilan birgalikda bir guruh futbol ishqibozlari va klub tizimida faoliyat ko'rsatayotgan qator xodimlari tashrif buyurishgan.


Salkam 4 soat davom etgan parvoz davomida futbolchilarning kayfiyatlari ancha ko'tarinki ekanligi va ular bo'lajak bahsga yuqori ishonch va jiddiy tarzda yondoshayotganliklari ko'rinib turdi. Jamoa bilan birga kelgan muxlislar ham "Paxtakor" muvaffaqiyatiga ishonch bildirib, uchrashuv davomida o'z suyuklilarining chinakamiga maydondagi 12-futbolchisiga aylanmoqchi ekanliklari sezilib turibdi. Barchada ko'tarinkilik va alo kayfiyat hukmron.

Doha safariga barcha o'z missiyasini bajarish uchun chog'langan. SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa Qatardan kamiga ochko bilan qaytishni mo'ljallayotgan bo'lsa, muxlislar guruhi mehmondagi o'yinda "Paxtakor"ni yolg'izlatib qo'ymaslik vazifasini uddalashga bel bog'lashgan.

Bir muxlisning takidlashicha, bu kabi yuqori ishonch va ko'tarinki kayfiyat sababchisi avvalo jamoaning joriy mavsumda ko'rsatayotgan chiroyli hamda jangovor o'yini va uning ortidan kelayotgan natijalar. SHu boisdan ham SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor"ning bo'lajak bahsdagi imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Ertangi o'yinga bo'lgan qiziqish va tayyorgarlik nihoyatda katta. Bo'lajak bahsda ehtimoliy g'alaba guruh peshqadami bo'lib turgan "Paxtakor"ni pley-offga chiqish masalasini keskin oshiradi. Ayni paytda "Paxtakor" joy olgan "D" guruhida "sherlar" 5 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. "Al Sadd" va "Persepolis" hisobida esa 4 ochkodan mavjud va ular 2-3 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi esa o'z aktiviga 3 ochko yozib qo'ygan va hozircha "kvartet"da autsayder maqomida.

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalarning birinchi davradagi Toshkentda kechgan uchrashuvida muxlislar chiroyli futbol guvohiga aylanib, jami 4ta gol ko'rishgandi. Natijada jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekib 1 ochkodan bo'lishib olishgandi. Xavining dubliga "Paxtakor"dan Xojiakbar Alijonov shedevr goli va Dragan CHeran uzoq masofadan bosh bilan urilgan to'pi orqali javob yo'llashgandi. Birinchi davrani "Al Sadd"ga qarshi o'yin bilan tugatgan va ikkinchi davrani mazkur jamoa bilan bahsda boshlaydigan "Paxtakor"ning Dohadagi bellashuvi 22 aprel kuni Toshkent vaqti (19:00 - Doha) bilan soat 21:00da boshlanadi.


Qatar, Doha shahridan SHahboz Beg'amov 

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика