"Paxtakor" "Nicca"da o'ynagan portugaliyalik hujumchiga qiziqmoqda
24 jan 2018 17:30
Yangiliklar
"Paxtakor" "Nicca"da o'ynagan portugaliyalik hujumchiga qiziqmoqda
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida evropadan futbolchi izlamoqda.
"Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" SHotlandiya chempionatining 5-pog'onasida borayotgan "Xarts" klubi hujumchisi Ismoil Gonsalveshga qiziqib qolgan.
Ismoil Gonsalvesh Franciyaning "Nicca" jamoasida professional faoliyatini boshlagan.
26 yoshli hujumchi faoliyati davomida Portugaliyaning "Rio Ave", Kiprning APOEL, Greciyaning "Anortosis" hamda Franciyaning "Nicca" jamoalarida to'p tepgan.
Ismoil Gonsalvesh faoliyati davomida 52 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
Ushbu xabar borasida "Paxtakor" klubi matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, ular xabarni izohsiz qoldirishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar