So’nggi yangiliklar

15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  17 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" 2001 yildan beri ilk bor o'z maydonida "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" 2001 yildan beri ilk bor o'z maydonida "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Paxtakor" – "Nasaf" - 0:1  
2 oktyabr 2022 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Hakamlar
: Temurbek To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Akmal Rahimov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
AVAR hakami: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: SHerzod Rajabov

Gol: Dilshod Saitov 27, - 0:1 (Marko Stanoevich).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (42.Abbosbek Fayzullaev, 46), 5.Oleksandr Nasonov, 23.SHerzod Azamov (77.Dostonbek Tursunov, 70), 88.SHahzod Azmiddinov, 7.Odiljon Hamrobekov, 17.Dostonbek Hamdamov (63.Muhammadali O'rinboev, 63), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 8.Azizbek Turg'unboev (46.SHahriyor Jabborov, 86), 10.Dragan CHeran, 19.Pshemislav Banashak.
Zaxira: 51.Otabek Boymurodov, 13.Ilya Martinovich, 26.Behzod Nematov, 28.Diyor Xolmatov, 32.Behruz Asqarov, .

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 10.Husayn Norchaev (9.Ivan Solovyov, 63), 19.Lima Kruz Mateus (20.SHahzod Akramov, 90+5), 22.Akmal Mozgovoy (6.Murodbek Rahmatov, 90+5), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (2.Alibek Davronov, 79), 88.Marko Stanoevich (17.Suhrob Nurulloev, 79), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 7.SHarof Muhitdinov, 23.Sardor Sadullaev. 

Ogohlantirishlar: Dostonbek Hamdamov 11, Odiljon Hamrobekov 37, Akmal Mozgovoy 75, Husniddin Aliqulov 89,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+6. O'YIN TUGADI! "Paxtakor" 2001 yildan beri ilk bor o'z maydonida "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi! "Nasaf" chempionlik uchun katta qadam tashladi! 

90+5. O'zgarishlar. "Nasaf". Lima Kruz va Mozgovoy o'rniga Akramov o'rniga Rahmatov tushdi

90+3. "Nasaf" chempionlik o'yinida g'olib bo'lmoqda, "Paxtakor" o'z uyida asosiy raqibiga mag'lub bo'lmoqda

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

89. Ogohlantirish. "Nasaf". Husniddin Aliqulov

89. Husniddin Aliqulovga shifokorlar yordam berishmoqda

86. O'zgarish. "Paxtakor". Turg'unboev o'rniga Jabborov tushdi

80. Zarba! Fayzullaevning zarbasi noaniq ketdi

79. O'zgarishlar. "Nasaf". Stanoevich va Bozorov o'rniga Nurulloev va Davronov tushdi

78. UXXXX! Nasonov hozir avtogol sohibi bo'lishi mumkin edi, Quvvatov bir amallab to'pni qaytardi

75. Ogohlantirish. "Nasaf". Akmal Mozgovoy

74. Zarba! Marko Stanoevichning jarimadan tepgan to'pi ancha noaniq ketdi

70. O'zgarish. "Paxtakor". Azamov o'rniga Dostonbek Tursunov tushdi

69. SHerzod Azamov Lima bilan to'qnashuvdan keyin shifokorlar yordamiga muhtoj, u maydonni tark etdi... sog'lik tilaymiz!

67. ZARBAAA! Solovyovning to'p uzatishidan keyin Bozorov boshi bilan zarba berdi, noaniq! 




66. Zarba! Banashakning zarbasi ancha noaniq ketdi

65. ZARBAAAAA! "Paxtakor"ning hujumi, Sobirxo'jaevning to'p uzatishidan keyin Fayzullaev o'tkir burchakdan zarba berdi, Nematov to'pni ushlab oldi

63. O'zgarish. "Nasaf". Norchaev o'rniga Solovyov tushdi

63. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga O'rinboev tushdi

62. Zarba! SHahzod Azmiddinovning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi

61. "Paxtakor"da jarima to'pi, masofa uzoqroq, taxminan 25 metr, "Nasaf" himoyachilari to'pni qaytarishdi

58. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, noaniq va kuchsiz

57. "Nasaf"ning hujumi, Saitovning to'p uzatishiga sheriklari tushunmadi



54. ZARBAAAAAAAAA! Dilshod Saitov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, Quvvatov to'pni qaytardi

53. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning hujumi, Fayzullaev to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi

52. G'alati holat, "Nasaf" hisobda oldinda, lekin baribir hujum qilmoqda. "Paxtakor" negadir sust

51. Zarba! Stanoevichning zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi

50. Azamov Lima Kruzni yiqitdi va "Nasaf5"da xavfli jarima to'pi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Paxtakor". Alijonov o'rniga Fayzullaev tushdi 


45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:1

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

43. "Paxtakor"ning hujumlari o'xshamayapti, "Nasaf" qarshi hujumda o'ynamoqda

37. Ogohlantirish. "Paxtakor". Odiljon Hamrobekov

37. UXX! Maydon markazida Norchaev va Hamrobekov to'qnashib ketdi. Orada biroz janjal ham yuzaga kelmoqda 

35. "Nasaf"ning hujumi, Bozorovni Sobirxo'jaev qo'pollik bilan to'xatdi

29. ZARBAAAAAA! O'ng qanotdan havodan uzatilgan to'pni Lima Kruz boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq! 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AJOYIB GOL! DILSHOD SAITOV! 0:1. Marko Stanoevichning to'p uzatishidan keyin Saitov 20 metrlardan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytarishga ojizlik qildi! VIDEONI KO'RISH



24. Zarba. Aziz Turg'unboevning chamasi 25 metrlardan jarimadan tepgan to'pi darvozadan ancha yuqoridan ketdi! 

22. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! "Nasaf"ning tezkor hujumi, SHerzod Narsullaev markaziy hujumchi joyida paydo bo'ldi, uning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi! 



20. Turg'unboevdan chiroyli reyd, ammo Banashak uning to'p uzatishiga intilganida sirg'alib ketdi

18. Alijonovdan to'p uzatish Banashakning boshi bilan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi mezbonlarda

14. Endi "Paxtakor"ning hujumi, Sobirxo'jaevdan pas, Banashak to'pga etishiga Eshmurodov to'sqinlik qildi

13. Xavfli vaziyat! "Nasaf"ning o'ng qanotdan hujumi sal qolsa "Paxtakor"chilarning avtogoli bilan tugardi

11. Ogohlantirish. "Paxtakor". Dostonbek Hamdamov

10. ZARBAAA! "Paxtakor" burchak to'piga ega bo'ldi, uzatilgan to'pni Aziz Turg'unboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Abduvohid Nematov to'pni ushlab oldi! 

6. Aliqulov ham Mozgovoy ham o'yinni davom ettirishadi. Mozgovoyning boshi yorilgani va qon chiqqani ko'rinib turibdi. Mozgovoy boshini boylab oldi



4. UXXXX! Aliqulov va Mozgovoy hujum vaqtida boshi bilan to'qnashib ketdi! SHifokorlar ularga yordam berishmoqda...

1. Birinchi daqiqadan mehmonlar hujumga o'tishdi, Nasrullaevning zarbasi ancha noaniq ketdi! 



1. O'YIN BOSHLANDI! 

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика