"Paxtakor" "Lokomotiv"ni tabriklaydi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2014, 11:21
"Paxtakor" futbol klubi "Lokomotiv" jamoasini o'z tarixida birinchi sovringa ega bo'lgani bilan tabriklaydi.
O'zbekiston Kubogi finalida "Bunyodkor"dan ustun kelgan "Lokomotiv" klubi tarixda birinchi marta katta sovringa ega chiqdi. Klubimiz "temiryo'lchilar"ni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. Bu g'alaba zamirida "Lokomotiv" rahbariyati va menejmenti amalga oshirayotgan katta hajmdagi mehnat yotibdi. Klub infratuzilmasini yaxshilash bilan birga o'zbek futboli rivojlanishiga hissa qo'shishga harakat qilmoqda. "Paxtakor" FK "Lokomotiv"ni O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgani bilan muborakbod etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz