"Paxtakor" "Koppa Karnevale"ga taklif qilindi
16 dek 2013 12:16
Yangiliklar


"Paxtakor" "Koppa Karnevale"ga taklif qilindi
"Paxtakor" Viarejjioda o'tkaziladigan "Koppa Karnevale" turniri tashkilotchilari tomonidan 2014 yilgi musobaqaga taklif etildi.
1949 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan musobaqa klublarning yoshlar tarkiblari jahon chempionatiga teng maqomda etirof etiladi. O'tgan yili "Paxtakor"ning ko'plab yosh o'yinchilari turli yoshdagi terma jamoalar yig'iniga taklif qilingani bois yoshlar jamoamiz Viarejjioga bora olmagandi. Bu safar esa yanada ko'proq tajriba to'plashga yordam beradigan musobaqada "Paxtakor" yoshlarining qatnashishi ko'zda tutilgan. Turnir 3 fevraldan 17 fevralgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Fikrlar