"Paxtakor" CHempionlar Ligasida 109-o'yinini o'tkazadi
07 apr 2022 15:01
Yangiliklar
"Paxtakor" CHempionlar Ligasida 109-o'yinini o'tkazadi
"Paxtakor" hozirga qadar Osiyo CHempionlar ligasida 108 bellashuv o'tkazib, 48 g'alaba, 23 durang va 37 mag'lubiyat qayd etgan. Raqib darvozasiga 149 to'p kiritib, darvozasidan 137 gol qo'yib yuborgan va 167 ochko to'plagan. Ilk o'yin bundan deyarli 20 yil avval Toshkentda Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasiga qarshi o'tkazilib, unda "sherlar" 3:0 hisobida zafar quchgan. SHuningdek, chempionlar musobaqasi sanalgan Osiyo CHempionlari Kubogida ikki o'yin o'tkazilgan.
Osiyo klublar musobaqalarida esa "Paxtakor" jami 124 bellashuvda maydonga tushib, 55 g'alaba, 25 durang hamda 44 mag'lubiyatga ega. Raqiblar darvozasi 192 marta ishg'ol qilinib, 171 gol o'tkazilgan.
CHempionlar Ligasida umumiy ishtirok borasida "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan birgalikda rekordchi sanaladi. Ikkala jamoa 16 martadan turnirda ishtirok etgan. Guruh o'yinlari va pley-off bosqichi natijalarini hisoblaganda "Paxtakor" OCHLning umumiy jadvalida 6-pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar