"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi 5 iyulga qoldirildi
17 iyu 2014 16:29
Yangiliklar
"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi 5 iyulga qoldirildi
Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan poytaxt derbisi keyinroqqa qoldirildi.
Sababi SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21 va 23 iyun kunlari Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Ushbu yig'inga "Paxtakor"dan 9 nafar futbolchi chaqirilgan. PFL reglamentiga ko'ra olimpiya terma jamoasiga 5 va undan ortiq futbolchi chaqirilganida klub tashkilotdan o'yinni qoldirishni so'rab murojaat qilishi mumkin.
SHunday qilib, 22 iyunda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini 5 iyul kuni bo'lib o'tadi.
SHunday qilib, 22 iyunda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini 5 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar