“Paxtakor” – “Bunyodkor”: SHiddatli bahs guvohi bo'lamizmi?
05 iyu 2014 12:52
Yangiliklar
“Paxtakor” – “Bunyodkor”: SHiddatli bahs guvohi bo'lamizmi?
Bugun “Paxtakor” - “Bunyodkor” uchrashuvi bilan oliy liganing birinchi davrasiga yakun yasaladi.
Aslida bu o'yin 22 iyunda bo'lib o'tishi lozim edi, biroq bu paytda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyga jo'nab ketgani bois o'yin 5 iyulga qoldirildi. SHunday ekan, Toshkent derbisiga bugun guvoh bo'lamiz.
Ayni paytda “Paxtakor” 30 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va birinchi o'rinda ketayotgan “Lokomotiv”dan atigi uch ochko ortda qolmoqda. Bugun maydon egalari g'alaba qozonadigan bo'lishsa, birinchi davrani “Lokomotiv” bilan bir xil ochko tto'plagan holda tugatishadi.
Amaldagi chempion “Bunyodkor” hisobida esa 25 ochko bor va mabodo bu jamoa zafar quchgudek bo'lsa, unda “Bunyodkor” to'rtinchi o'rindan uchinchi pog'onaga ko'tarilib oladi (“Nasaf”dan ikki ochkoga o'zib ketgan holda). SHunday ekan, durang hech kimni qoniqtirmasa kerak.
LUSHAN UCHUN ENG JIDDIY O'YIN
Sergey Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri bugun eng jiddiy o'yinini o'tkazadi. To'g'ri, uning qo'l ostida jamoa “Olmaliq” va “Nasaf” kabi klublar bilan kuch sinashib ko'rdi, lekin bu o'yinlar O'zbekiston Kubogidan o'rin olgan bellashuvlar edi. Oliy ligada esa “Bunyodkor” yangi murabbiy qo'l ostida shu paytgacha ikkita o'yin o'tkazdi: “Neftchi” va “Andijon”ga qarshi hamda har ikkala bahs “Jar” stadionida bo'lib o'tdi.
Bugun esa jamoa safarda to'p tepadi, bo'lib ham kuchli raqibga qarshi maydonga tushadi. Mana shu sababdan Sergey Lushan boshqaruvidagi jamoaning “Paxtakor”ga qarshi qanday harakat qilishi qiziq ko'rinmoqda. “Bunyodkor” Kubok o'yinlarida “Olmaliq” va “Nasaf”ga qarshi o'z kuchini namoyish eta oldi va haqli ravishda finalga chiqdi. Xo'sh, endi jamoa birinchi davraning oxirgi o'yinida kimsan “Paxtakor” bilan qanday natija qayd etadi? Jamoa yangi murabbiy qo'l ostida o'z o'yinini topib oldimi? Lushan shogirdlari “Paxtakor”ni mag'lub etishga qodirmi? Bugungi uchrashuv orqali mana shu savollarga javob olsak ajab emas.
“PAXTAKOR” UCHUN RUHIY TIKLANISH QANDAY KECHDI?
“Paxtakor” bu yil Kubok finaliga chiqa olmadi, endi toshkentliklar bor etiborni ichki chempionatga qaratishadi. Samvel Babayan shogirdlari yarim finalda “Lokomotiv”ga qarshi ikkita qiyin bahsni o'tkazishdi: jamoa safarda yutqazgan bo'lsa, o'z maydonida durang o'ynadi. Albatta, bu natijalardan so'ng jamoa azolari tushkun kayfiyatga tushib qolishdi. SHu bois “Paxtakor” uchun o'tgan to'rt kun davomida ruhiy tiklanish qanday kechdi savoli ayni dolzarb hisoblanadi.
SHunga o'xshash savol 1 iyul kuni bo'lib o'tgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” (2:2) bahsidan keyingi matbuot anjumanida berildi va Viktor Jalilov bu savolga javoban “Albatta, tiklanishimiz qiyin kechadi” deya aytib o'tdi. Agar “Paxtakor” bugun ham “Lokomotiv” bilan o'yindagi kabi harakat qiladigan bo'lsa, unda jamoaning g'alaba qozonishi juda mushkul bo'ladi. Kubok o'yinlari shuni ko'rsatdiki, “Lokomotiv”da kadrlar bo'yicha muammo yo'q va istalgan futbolchi o'rnida boshqasi o'ynab ketaveradi. Ammo “Paxtakor”ning asosiy tarkibi kuchli bo'lgani bilan zaxiradan tushayotganlar o'yinni kuchaytira olishmayapti.
“Bunyodkor”da esa “Lokomotiv”dagi singari mashhur nomlar ko'pchilikni tashkil etmasa-da, bu jamoada o'ynaydigan futbolchilar bor. Masalan, Jamshid Iskanderovning zaxirada qolishi “Paxtakor” uchun kutilmagan holat hisoblansa, “Bunyodkor”dagi Sardor Rashidov istalgan payt zaxirada qolishi mumkin. Yani, Rashidovning asosiy tarkibda tushmasligi jamoa uchun katta yo'qotish hisoblanmayapti, buni bazi o'yinlarda ko'rdik.
Xullas, bugun ajoyib o'yin tomosha qilishni maqsad qilib turibmiz. Yashi bilasiz, bugungi bahs soat 19:30da boshlanadi va o'yin tugagan payt bu yoqda Argentina - Belgiya uchrashuvining birinchi taymi ketayotgan bo'ladi. Nafaqat biz, balki ko'plab muxlislar oliy ligaga hurmat yuzasidan Messi ishtirokidagi o'yindan voz kechib “Paxtakor”ga borishadi. SHunday ekan, jamoalar shuni ham inobatga olgan holda chiroyli futbol namoyish etib berishadi degan umiddamiz.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar