"Paxtakor": "Biz talabalarni stadionga taklif qilganmiz, majburlash bo'lmagan"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018, 11:02
"Paxtakor" rasmiy sayti OAVda e'lon qilingan xabar bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

Oldinroq, futbol yangiliklari saytida "sherlar"ni oliy o'quv yurti talabalarini stadionga kelishga majbur qilgani haqida xabar e'lon qilingan edi.

"Paxtakor" matbuot-xizmati bu yolg'on ekanligini  va talabalar o'yinga faqat TAKLIF qilinganini ma'lum qildi.

"Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishini taminlash, o'zbek futbolining ommaviyligini oshirish maqsadida ushbu tajriba klubimiz tomonidan avvaldan qo'llanib kelinmoqda. Klub uchun bu aslida iqtisodiy jihatdan qo'shimcha xarajat bo'lsada, lekin ishqibozlarga qulaylik va qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, pirovardida o'zbek futbolining jozibadorligini oshirish uchun bunday say-harakatlar doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Qolaversa, muhtaram Yurtboshimiz o'zbek futbolini rivojlantirish masalasiga shaxsan katta e'tibor berayotgan, o'z navbatida, O'FA va PFL Superligani kuchaytirish ustida foydali islohotlarni amalga oshirayotgan bir paytda, muxlislarni uchrashuvlarga ixtiyoriy jalb etish orqali o'z chempionatimizga qiziqishni oshirish ayni muddao bo'lib, bunda biron-bir salbiy hodisa ko'zga tashlanmaydi. Shunday holatda, biron-bir asosga ega bo'lmasdan turib, haqiqiy faktlarni noto'g'ri talqin qilishga urinish holatlari ajablanarli" - deyiladi bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz