"Paxtakor" - birinchi o'yinga 65 yil
08 apr 2018 15:32
Yangiliklar
"Paxtakor" - birinchi o'yinga 65 yil
Dastlabki uchrashuvlarini O'zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o'tkazgan. CHunki "Paxtakor" stadioni 1956 yilning 11 avgust kuni ishga tushirilgan va o'sha kuni ochilish marosimi bo'lib o'tgan.
Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o'tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to'qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yin qaydnomasi bilan tanishing:
"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Volostnov, Azizxo'jaev, Kozenkov, Vitkalov, Tazetdinov, Muqimov, Kaprov, Maqsudov, Kanunnikov, Murashov, Borkin.
Gol: Maqsudov, 44-pen.
Hozirga kelib "Paxtakor" 13 martadan O'zbekiston chempionatida va Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. MDH Kubogi va CHempionlar ligasida muvaffaqiyatli o'tgan bir necha mavsumlarga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar