So’nggi yangiliklar

07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  85 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  39 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3 23:14Мбаппе Усэйн Болтни пойгага чорлади  1 22:52Миржалол Қосимов: "Клубда ҳеч ким абадий эмас, мен ҳам қачондир кетаман"  8 22:27Рўзиқул Бердиев: "Таблодаги ҳисоб 4:1 кўринишига келганидан сўнг хотиржамликка берилдик"  10 22:02Нидерландия клуби футболчилари жамоасини қутқариш учун маошларидан воз кечишди  6 21:47Расман: "Бавария" футболчиси "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  1

"Paxtakor" akademiyasida qo'rqmasdan o'ynashni o'rgatishgan. Aks holda..." - "Turon"da mavsum kashfiyoti bo'lgan Bilol Toshmirzaev bilan intervyu Yangiliklar

"Paxtakor" akademiyasida qo'rqmasdan o'ynashni o'rgatishgan. Aks holda..." - "Turon"da mavsum kashfiyoti bo'lgan Bilol Toshmirzaev bilan intervyu

Intervyu vaqti!

Bugun Yaypanning "Turon" jamoasi Superligadan tushib ketgani haqida gaplashmaymiz. CHunonchi bu haqida shu kungacha juda ko'p va xo'p gapirildi. Men jamoa safidagi 77 raqamda to'p tepgan Bilol Toshmirzaevga etiboringizni qaratishni so'rab qolardim. Maydonda epchil va chaqqon harakatlari bilan ajralib turadigan, bir o'zi bilan raqibning bir necha futbolchisini olib yurish hislatiga ega Toshmirzaevning o'tgan yili Pro ligadayoq ko'pchilikka maqul kelgandi. Superligada shunday jamoalar borki tarkibida biror futbolchi ajralib turmaydi, jamoaviy harakatlar negizida o'yin quriladi. "Turon"da esa bu borada yaqqol ijrochi aynan Biloldir. Mahoratli yarim himoyachi bilan suhbatlashish asnosida o'zimizning qiziqtirgan savollarga ham javob oldik. 

- "Turon" Superligada qolishga haqli jamoa edi, deya olamiz. Zero bunga asoslar etarlicha. Infratuzilma, maydon, baza, akademiya, stadion yoritish tizimi va hokazo. Lekin futbolda natija ko'p narsani hal qiladi. Aynan amalga oshirilgan ishlar natijada o'z aksini topmadi. Keling dastlab shu va mavsum haqida...

- To'g'ri aytasiz, Superligada yaxshi o'yin namoyish etdik. Muxlislar bizdan norozi emas. Xudo xohlasa "Turon" Superligaga qaytadi. Klubimiz rahbarlari futbolga qiziqadigan jonkuyar insonlar hisoblanadi. Ularga hurmatim juda baland. O'ylaymanki "Turon" yo'q bo'lib ketmaydi. Rahbarlarning ulkan rejalari bor. SHu bois ishonaman, jamoani yanada kuchli qila olishadi. 

-  Pro ligada, Superligada ham ko'rdik har bir o'yinda o'z harakatlaringiz bilan nimadir qilishga, jamoangizga foyda keltirishga harakat qilasiz. O'yinni qo'lga olish murabbiylar tomonidan beriladigan ko'rsatmami yoki uchrashuv paytida mana shu jarayonga kirishib ketasizmi?

- Men futbolni yaxshi ko'raman va uni hurmat qilaman. O'yin uslubim shunday, desam mubolag'a bo'lmaydi. 

- O'zingizga bo'lgan yuqori darajali ishonch qay tariqa shakllangan? Maydonda bu yaqqol seziladi. Lekin gohida to'pni oldirib qo'yasiz. Murabbiylar qaysi jihatingizga ko'proq etiroz bildirishadi? 

- Menga "Paxtakor" akademiyasida qo'rqmasdan o'ynashni o'rgatishgan. Qo'rqib hech narsaga erishib bo'lmaydi. Birinchi navbatda murabbiy sizga ishonishi kerak. Siz esa uning ishonchini qozonishingiz lozim. O'shandagina o'yinni qo'rqmay o'z qo'lingizga olasiz.

-  Mavsumni 3 qismga ajratamiz. Dastlabki turlar, murabbiylar o'zgargandan keyingi davr va mavsum oxiri. Qaysi bosqichda jamoaga nima etishmadi?

- Yigitlarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'qolib qoldi. Mavsum tugashiga 3ta tur qolganda ham imkoniyat qo'limizda edi. Afsuski foydalana olmadik. 

- Ligalar o'rtasidagi daraja ham rol o'ynadimi?

- Superliga darajasi Pro liganikidan ko'p farq qilmaydi. Qarang, "Olimpik" buni isbotlab qo'ydi. 

-  "Lokomotiv" darvozasiga urgan golingiz yilning eng chiroyli goli bo'lishiga nomzod bo'lishi mumkin. O'shanda tavakkal zarba berganmidingiz yoki o'ylab olingan rejami?

- Agarda etibor bersangiz gol urishdan oldin ikki marotaba qarab olganman. Menimcha tavakkal berilgan zarba emas. 





-

-

-

-




- "Andijon", "Mashal", "Turon", "Nurafshon" klublari bilan keyingi yilgi Pro ligada kurash qizg'in kechishi mumkin...

- Ha, Pro ligada 2022 yil haqiqatdan ham zo'r bo'ladi. CHunki jamoalar darajasi bir-biriga yaqin. Lekin biz albatta Superligaga qaytishimiz shart. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика