So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  1 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  2 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  2 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  2 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Ro'ziqul Berdiev: "Tablodagi hisob 4:1 ko'rinishiga kelganidan so'ng xotirjamlikka berildik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Tablodagi hisob 4:1 ko'rinishiga kelganidan so'ng xotirjamlikka berildik"

O'zbekiston Superligasi 6-tur doirasida o'tkazilgan OKMK - "Nasaf" (3:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Tablodagi natija ko'rsatib turibdi, bugungi bahsda ikki jamoa ham ochiq futbol namoyish etdi. SHu sababli, ancha qiziqarli o'yin bo'ldi. O'yin nazorati mening jamoamda edi, ammo birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda esa hisob 4:1 ko'rinishiga kelganda biroz xotirjamlikka berildik va yana gol o'tkazib yubordik. O'yin biz uchun asabiy ravishda tugadi, lekin g'alabani ushlab qoldik. Alibek Davronovning engil jarohati tufayli qilgan o'zgarishlarimiz himoyadagi tartibsizlikka sabab bo'ldi. Raqib esa bunday imkoniyatda to'g'ri foydalandi va gol urdi.

- "Nasaf" uchta markaziy himoyachi uslubida o'ynayotgan chog'ida ko'p gol o'tkazib yubormoqda. Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynash uslubi o'zini qanchalik oqlamoqda? O'tgan mavsum ham jamoa uchta markaziy himoyachi bilan ishtirok etgan bahslarda ko'p ochko yo'qotdi.

- Biz barchasini hisob kitob qilib chiqishimiz kerak. Bugungi uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, hisob 4:1 bo'lganida g'alabani ushlab qolish haqida o'ylay boshladik va majburiy o'zgarish ham o'z so'zini aytdi. Ichkarida yigitlarga ham takidladim, besh nafar himoyachi bilan o'ynaganimizda harakatdan to'xtab qolish kerak emas. OKMK esa bugun ko'p holatlarda tavakkalchilikka yuz tutdi. Raqibning markaziy himoyachilari ham hujumga o'tib ketishdi. Ushbu vaziyatlardan biz foydalanishimiz kerak edi, aslida.

- Darvozabonlar chizig'idagi raqobat haqida gapirib o'tsangiz? Abduvohid Nematov yana xatoga yo'l qo'ydi. So'ngi uchrashuvlarda esa Umidjon Ergashev qaydnomadan joy olmayapti.

- Umidjon haqida oldin ham gapirib o'tgandim. Turkiya mamlakatida o'tkazgan yig'inlarimizda Umidjon ko'rinchak bo'lib qoldi. U jarrohlik stoliga yotdi va qayta tiklandi. Hozir esa, sekin astalik bilan mashg'ulotlarga qaytmoqda. Yaqin orada safga qaytishiga ishonaman. Kubok uchrashuvlarida Safaevga ham imkoniyat berdik.

- Olimpiya terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etgan futbolchilaringizning holati qanday?

- Ularning kayfiyati alo darajada(kuladi). Jismoniy holatini yaxshilash kerak, ammo eng muhimi ularda stabil o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi.

- So'ngi yillarda "Nasaf" jamoasi ancha pragmatik futbol namoyish eta boshladi. Jamoangiz so'ngi mavsumlarda ko'proq gol urish emas, kamroq gol o'tkazishga intilmoqda. Lekin bugun "ajdarlar" darvozasi tomon jami 4ta zarba berildi va 3ta gol urildi. Bu siz uchun qanchalik yomon natija?

- Albatta, bu yaxshi emas. Ko'proq mehnat qilishimiz kerak. Agar 4:1 hisobini saqlab qola olganimizda bugun himoyada yaxshi o'ynadik degan bo'lardim. Tajribali himoyachimiz Igor Golban jarohatlangan va uning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish. Alibek Davronov esa, birinchi bo'limning o'zidayoq og'riq his etayotganini aytgandi.

- Joriy mavsumda hujum chizig'idagi ijrochilar bo'yicha "Nasaf" shubhasiz eng kuchli jamoa, biroq ayrim bellashuvlarda hujumchilaringizning o'yini qovushmayapti. Bunga sabab nima?

- Bunga sabab ko'p jamoalarning "Nasaf"ga qarshi himoyaviy o'yin uslubini tanlashi. Bu muammo o'tgan mavsum ham bor edi va shu sababli biz kuchli hujumchilarni jamoaga jalb etdik. Lekin barcha hujumchilarimiz ham biz kutgan o'yin namoyish etishmayapti. Futbolchi qanchalik iqtidorli bo'lmasin, maydonga kurashmasa foydasi yo'q.

- "Nasaf" har bir uchrashuvda juda ko'p yaqqol golli vaziyatlar yaratadi, ammo jamoangiz ko'pgina vaziyatlardan unumli foydalana olmayapti. "Al Ayn"ga qarshi kechgan OCHL pley-off uchrashuvida ham "Nasaf" juda ko'p vaziyatlar yaratgandi, ammo ularni ko'kka sovurgan. Hozir esa o'sha "Al ayn" Osiyo chempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi. Bunga sabab nima?

- Bu muammo ruhiyatga bog'liq deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda barcha vaziyatlarni golga aylantiramiz, ammo o'yinda barchasi boshqacha. Menimcha, bu ruhiyatga bog'liq. Uchrashuvdagi bosim va hayajon sababli vaziyatlarni golga aylantirish qiyin kechmoqda.

- Ro'ziqul Berdiev va Mirjalol Qosimov jamoalari to'qnash kelgan o'yinlar har doim juda qiziqarli kechadi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Ikki murabbiy ham hujumkor futbol tarafdori bo'lgani uchun ushbu uchrashuvlar tomoshabinlarga ko'proq yoqadi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика