"Lans" himoyachisi o'g'rilik qurboni bo'ldi
07 may 23:48
Yangiliklar
"Lans" himoyachisi o'g'rilik qurboni bo'ldi
Jabrdiyda o'yinchi talonchilikni telefoni orqali jonli ravishda kuzatgan.
Franciyaning "Lans" klubi futbolchisi Jonatan Gradi o'z oilasi bilan Parijdagi Disneylendda dam olayotgan paytda uning Lill shahridagi uyiga bosqinchilar o'g'rilikka tushishdi. Bu haqda u telefoniga kelgan signal orqali bilib oldi.
Francuzning uyiga kamera o'rnatilgan edi. SHu tariqa u internet orqali o'z telefonida o'g'rining qimmatbaho buyumlarni qidirayotganini kuzatishga muvaffaq bo'lgan.
SHaxs sumka va taqinchoqlarni olib chiqib ketdi. Policiya manbasiga ko'ra, etkazilgan zarar 50 ming evro atrofida baholanmoqda. Gumonlanuvchi ustidan tergov boshlangan.
Fikrlar