So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  0 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   13 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  8 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  5 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

Mirjalol Qosimov: "Klubda hech kim abadiy emas, men ham qachondir ketaman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Klubda hech kim abadiy emas, men ham qachondir ketaman"

O'zbekiston Superligasi 6-tur doirasida o'tkazilgan OKMK - "Nasaf" (3:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Mazmunli o'yin guvohi bo'ldik. "Nasaf" to'p bilan juda yaxshi o'ynaydigan jamoa. Yigitlarga qarshi hujumda gol o'tkazib yubormaslikka harakat qilishimiz kerakligini aytgandim. Raqibimiz g'alaba loyiq edi va yakunda g'alaba qozondi. Hisob 4:1 bo'lishiga qaramay, yigitlar kurashishda davom etishdi va bu o'z mevasini berdi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Bugun muxlislarimiz qarshisida "Nasaf"ni mag'lub etishni istagandik, ammo bunday bo'lmadi. Muxlislardan uzr so'rayman.

- Ikki jamoa ham hujumkor o'yin namoyish etdi. Bugungi uchrashuvdagi himoyachilarga etirozingiz bormi? Bir uchrashuvda 4ta gol o'tkazib yuborish yaxshi emas.

- Albatta, himoyadagi xatolarimizni tahlil qilib chiqqan edi. "Nasaf" jamoasi ikkita uchta pas orqali qarshi hujumda o'tib keta oladi. Yaponiya OTJsi ham bizga shunday gol urib ketdi. Etirozlar bo'lishi aniq. Islom To'xtaxo'jaevda jarohat bor edi. Bunday uchrashuvlar bo'lib turadi. Men xursand qilayotgan bir jihat, biz o'yin so'ngiga qadar kurashdik. Kurashishda va mehnat qilishdi davom etsak, natija albatta keladi.

- Siz OKMKga kelganingizdan so'ng jamoa chempionlik ruhiga ega bo'ldi va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi. Lekin so'ngi ikki mavsumda jamoa o'sishdan to'xtab qolgandek tuyulmoqda. Jamoaga qandaydir yangilik kiritish vaqti kelmadimi?

- Biz hozir almashinuv davridamiz. Rahbarimiz Abdulla Xursandovga minnatdorchilik bildiraman, Abdulla aka mening iltimoslarimga etibor bermoqda. Biz akademiya qurish maqsadidamiz. Klubning akademiyasi qanchalik kuchli bo'lsa, asosiy jamoa ham kuchli va raqobatdosh bo'ladi. Yangi mavsumda 7-8 ta tajribali futbolchilar jamoamizni tark etdi va hozirgi kunda yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. Lekin asosiy tarkibni yosh futbolchilar bilan to'ldirsam, jamoaning natijalariga yomonlashadi. Natijaga esa murabbiy javobgar. Yana Mirjalol aybdor bo'lib qoladi. Bunday jarayonlarni yo'lga qo'yish oson emas. Klubda hech kim abadiy emas, men ham qachondir ketaman. Lekin akademiya, tizim va infratuzilma qoladi. Klub uchun poydevor bo'ladi. SHu akademiya orqali bita futbolchi terma jamoa darajasiga chiqa olsa, mehnatlarimiz o'z mevasini bergan bo'ladi. Nasib qilsa, rejalarimiz amalga oshadi. 2017/2018 mavsumdagi "Bunyodkor" kabi yosh futbolchilar bilan sifatli o'yin namoyish etishni maqsad qilganmiz, ammo bu bir kunda bo'lib qoladigan jarayon emas. Barchasiga vaqt kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика