So’nggi yangiliklar

00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  7 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3

"Paxtakor-79" hamisha qalbimizda Yangiliklar

"Paxtakor-79" hamisha qalbimizda

Bu yil Dneprodzerjinsk osmonida ro'y bergan halokatga 35 yil to'ladi.
O'zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdualiev 6 avgust kuni Ukraina futbol federaciyasi prezidenti Anatoliy Konkov bilan uchrashdi.

Kurilova qishlog'ida 2009 yil “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga atab 2009 yil yodgorlik ochilgan. Mahalliy hokimiyat va “Paxtakor” FK hamkorligida ochilgan yodgorlik shonli jamoa xotirasiga bo'lgan hurmatni anglatadi. Endi esa ushbu joyda yana bir ajoyib ishga qo'l urildi. Kurilovkada “Paxtakor Kurilovka” jamoasi tashkil etildi.

Kurilovkada va Ukrainada hamon “Paxtakor”ni eslashadi, yodga olishadi. Uchrashuvda Konkov o'sha paytdagi “Paxtakor” safida professional va vatanparvarlar futbolchilar o'ynaganini takidlab, ularni nafaqat O'zbekiston, balki boshqa respublikalarda ham yoqtirishganini aytib o'tdi. Ukraina FF prezidenti ukrainaliklar paxtakorchilarni hamisha yodga olishini va Kurilovkadagi yodgorlikni asrashlari haqida malumot berdi.

Konkov futbol turli mamlakatlar vakillarini birlashtirishi va do'stlikni mustahkamlashi to'g'risida so'zladi. O'zbekiston iqtidorli futbolchilarga boy o'lka ekanligi, yurtimizda futbolchilarni maktab yoshidan boshlab tayyorlash tizimi haqida iliq fikrlar bildirdi.

Kelasi yil Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan xalqaro turnirga O'zbekiston yoshlar terma jamoasini taklif etib, O'zbekiston futbol federaciyasi bilan hamkorlikda ishlash qiziqarli bo'lishini aytib o'tdi.

Takidlash lozimki, 2013 yil O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi va bir guruh ishqibozlar yordamida Kurilovka qishlog'ida “Paxtakor” jamoasi tashkil qilindi. Jamoa zarur sport va futbol ekipirovka hamda anjomlari bilan taminlandi. O'FF bilan hamkorlikda Toshkent va Kurilovkaning “Paxtakor” jamoalari o'rtasida Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ko'zda tutilgan, O'FF bilan dastlabki kelishuv bor.

11 avgust kuni Ukrainadagi O'zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda o'zbek diaspori Kurilovka qishlog'iga tashrif buyuradi va marhum paxtakorchilarni qishloq aholsi bilan birgalikda yod etadi. Ushbu marosimni Ukrainaning mashhur “Futbol” jurnali ham keng yoritadi. Mahalliy aholiga o'zbek madaniyati haqida ham tushuncha berilib, o'zbek milliy taomlari dasturxonga tortiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика