So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

"Paxtakor-79" halokatini o'z ko'zi bilan ko'rgan muxlis hikoyasi Yangiliklar

"Paxtakor-79" halokatini o'z ko'zi bilan ko'rgan muxlis hikoyasi

Teglar :  PaxtakorPaxtakor-79
O'zini Sattorqul Mamadiev, deb tanishtirgan faxriy futbol ishqibozi Paxtakor-79 jamoasi bilan bog'liq bir voqeani so'zlab berdi:

- Men Sirdaryoning Boyovut tumanidanman. Yoshim 59da. Paxtakor jamoasining kamida 40 yillik muxlisiman. Sevimli jamoam Paxtakor-79 aviahalokatiga 36 yil to'lyapti. Oradan shuncha vaqt o'tgan bo'lsada, haligacha o'sha mashum voqeani unutolmayapman. Hozir ham hammasi xuddi kechagidek ko'z oldimdan o'tyapti. Sizga qo'ng'iroq qilayotganimning sababi ham aynan shu. Bilasizmi, o'sha payt yani aviahalokat ro'y berganida, aynan Dneprodzerjinsk shahrida harbiy xizmatni o'tayotgandim.

CHamasi kunduzgi soat 15da harbiy bo'linma komandiri biz - askarlarga zudlik bilan bir joyga borishimiz kerakligini aytdi. Bir necha askarni bortiga ortgan yuk mashinasi quyuq o'rmon ichiga kirib ketdi. Malum vaqt o'tganidan so'ng yalanglik joyga chiqdik. Ne ko'z bilan ko'raylikki, samolyot qoldiqlari. O'sha payt bu sevimli jamoam - Paxtakor futbolchilari halokatga uchragan samolyot ekanligini qaerdan bilay... Bizga portlash natijasida dahshatli holatga tushgan insonlarning tana azolarini bir joyga yig'ishni buyurishdi. Tasavvur qilyapsizmi, o'sha joydagi holat haqiqatan qanday dahshatli edi? Qo'l, oyoq, tananing boshqa azolari erda sochilib yotardi. Aksariyati kuyib ketgan... Paxtakor yozuvli sumkani ko'rgach, jonim halqumimga keldi, go'yo. Ko'p o'tmay, sevimli jamoam joy olgan samolyot portlaganini tushunib etdim. Dahshat va qo'rquvdan bir necha daqiqa joyimda qotib qoldim. Bizga u erda nima ko'rganimiz, eshitganimiz haqida lom-mim demaslikni qattiq tayinlashdi.

Kechga yaqin aviahalokat natijasida olamdan o'tganlar jasadini maxsus yashiklarga solib, shaharga olib ketishdi. O'sha kundan keyin bir necha oy o'zimga kelolmay yurdim. Axir Paxtakor-79 halokatga uchragan joyda barchasiga guvoh bo'lgandim. Voqeani eshitib, qancha odam o'zini yo'qotgan. Men esa mashum holatni o'z ko'zim bilan ko'rgandim. Futbolchilar oxirati obod bo'lsin. Sizga dardimni aytib, biroz engil tortdim... Suhbatdoshim ortiq gapirolmadi. Sattorqul akaning ko'zi namlangani titroq ovozidan shundoq bilinib turardi...

Ana shunaqa xotiralar. Ochig'i, bunday voqeani shu paytgacha hech kimdan eshitmagandim. Sattorqul akaning so'zlarini tinglayapmanu, bundan 36 yil avval ro'y bergan voqealar (garchi ko'rmagan bo'lsamda) ko'z oldimda gavdalana boshladi. Haqiqatan ham,  daxshat..

Kamoliddin Alimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика