Pavar PSJ uchun "Bavariya"dan ketmoqchi emas
27 may 2022 11:24
Yangiliklar
Pavar PSJ uchun "Bavariya"dan ketmoqchi emas
"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar jamoadan ketmoqchi emas.
Franciya terma jamoasi o'yinchisiga PSJ qiziqish bildirmoqda.
"Bavariya"da juda baxtliman. Dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynayapman. PSJ - juda yaxshi loyihaga ega juda yaxshi klub, ammo bu variant haqida o'ylamayapman", - deydi Pavar.
Pavarning amaldagi shartnomasai 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 30 mln evroga baholamoqda.
Pavar joriy mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar