Paulo Dibala: “Mashg'ulotlar va o'yinni bu darajada sog'inamiz deb o'ylamagandim”
04 may 2020 23:54
Yangiliklar


Paulo Dibala: “Mashg'ulotlar va o'yinni bu darajada sog'inamiz deb o'ylamagandim”
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibalaning tan olishicha, karantin vaqtida futbolni yanada sog'ingan.
“Ochig'ini aytganda, mashg'ulotlar va rasmiy o'yinlarni bu daradaja sog'inaman deb o'ylamagandim. Jamoadosh do'stlarim bilan mashg'ulotlar o'tkazishni, to'p bilan muomala qilishni judayam istayapman. Nima bo'lgandayam, uydagi individual mashg'ulotlar jamoaviy mashg'ulotni o'rnini bosa olmaydi. Butsalarimni kiyib, yugurib, gollar urishni xohlayapman. Doim aytaman: agar seni qandaydir tashvish band etgan bo'lsa, butun borliq, atrofingdagilar sen uchun karrasiga muhim bo'ladi”, deya takidladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar