Parlor: "Arsenal"ga Tilemans kerak"
10 noy 2022 15:05
Yangiliklar


Parlor: "Arsenal"ga Tilemans kerak"
"Arsenal" sobiq futbolchisi Rey Parlorning fikricha, "kanonirlar" "Lester"ning belgiyalik yarim himoyachisi Yuri Tilemansni qo'lga kiritishga harakat qilishlari kerak.
"Yanvar – klublar uchun muhim davr, shu oyda transfer oynasi ochiladi. Agar pul bo'lsa, "Arsenal" o'rta chiziqni kuchaytirishi lozim. Bizga Tilemans kerak", – dedi Parlor.
25 yoshli yarim himoyachining "Lester" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Tilemans joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar