So’nggi yangiliklar

01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  0 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17

Parijda bo'lgan teraktlar haqida Yangiliklar

Parijda bo'lgan teraktlar haqida

Teglar :  FranciyaGermaniya
Parijdagi o'yinni kuzatgan (Franciya - Germaniya) jurnalistning portlashlar haqida yozganlari.

Birinchi marotaba gumburlaganida o'yinni 17 daqiqasi ketayotgan edi. Yonimdagi hech kim bunga ahamiyat bermadi va shovqin qaerdan kelganiga ham etibor qilmadi. Tovush Rossiya stadionlarida sodir bo'ladigan "petarda shousi"ga o'xshab ketdi, ammo biroz kuchliroq edi. Bu ovozdan hech kim havotirga tushmadi.

Bir yarim-ikki daqiqadan so'ng yana gumbrladi, bu safar stadionning boshqa qismida. Portlashlar haqida hech kim o'ylamagandi ham.

Ikkinchi bo'lim boshlarida stadiondagilar qimirlab qolishdi. Mahalliy vay-fayga ulangan smartfonlar messenjerlardan kelayotgan xabarlardan to'xtamas edi. Yonimdagi francuzlar tanishlariga javob berishga ulgurmayotgan edi. Keyin ular xabarlarni o'qishga tushib ketishdi. Futbol xuddi keraksiz tomoshaga o'xshar edi, unga bo'lga qiziqish yo'qoldi. Franciya futbol federaciyasining malumotlariga ko'ra, vahima paydo bo'lmasligi uchun o'yin davom ettirilgan.


Ikkinchi bo'limda ko'pchilik faqatgina portlashlar haqida emas, balki restorandagi otishma sodir bo'lganini ham bilishdi. Keyinroq "Bataklan" teatrida odamlar garovga olingani haqida yozishdi va vahimaga tushib qolganlar chiqish eshiklari tomon intilishdi.


"Stad de Frans" stadionida chiqishning iloji yo'q edi. Och yashil rangli "mayka" kiyib olgan styuardlar sektorlarning temir darvozasini yopib qo'yishdi va o'rtaga turib olishdi.


- Nima bo'ldi? - deb atrofdagilarga murojaat qildim.

- Qo'rqinchli voqea. Bizda juda katta muammolar paydo bo'ldi. Hozircha stadion to'liq yopilgani haqida aytishdi.

Bu so'zlarni eshitgan xar bir kishi uyiga tezroq etib olishni istab qoldi. Vahima yo'q edi, odamlar rad javobiga xotirjam munosabatda bo'lishdi va maydonga o'girilishdi.


85 daqiqa o'tayotganda mening sektorimdagi styuart xushtak chaldi va darvozalar ochildi - bemalol stadionni tark etish mumkin edi. Xavfsizlik tufayli muxlislarni qo'lini ko'targan holda arenani tark etishga chaqirishdi. Bazilarga chiroq tushurib qo'lida ortiqcha buyum bor-yo'qligini tekshirishdi.


Hammasi yaxshi kechayotgandek edi, stadion tezda bo'shab qoldi. Metronomy guruhining jo'shqin qo'shig'i baland qo'yildi. Kutilmaganda bir to'da odamlar ortga qarab yugura boshladi. Odamlar turli tarafga qarab qochishdi, baqir-chaqir, shovqin, qadamlarning vahimali ovozi. Hamma maydonga tusha boshladi. Odamlarning baqirishidan qolganlar qo'rqa boshladi.


Odamlar bir joydan birgalikda qochayotganini ko'rsangiz, bundanda qo'rqinchlisini tasavvur qilish qiyin bo'ladi. Fikrlay olmaysiz, faqat instinktlaringiz ishlaydi - bir joyda turgandan ko'ra, qaysidur tarafga harakat qilishni xohlab qolasiz.


Styuardlar vahimani to'xtatishga harakat qilar edi: Bazilarni qo'lidan ushlab, nimalarnidur tushuntirishni boshlashdi, ammo hech kim buni eshitishni istamas edi. Muxlislar maydonga qarab yugurishni davom ettirishardi.


Natijada bir necha ming kishi maydonni egallab oldi. CHim ustidagilar qotib qoldi. Ular nima qilishni bilmas edi, qaerga ham qochish mumkin. Barcha telefonlarini qo'liga olib videoga oldi, xabarlarni o'qidi, yaqinlariga qo'ng'iroq qildi.


- Nega ortga burilib, maydonga tushib ketdingiz? - deb so'radim bir franuzdan.

- Oldindagi kimdir otishma ovozini eshitganini aytdi" - deb javob berdi 35 yoshlar atrofidagi kishi.


Ko'chalarda policiya mashinalarining chirog'i, tez yordamning sirenasi, ammo otishmani eshitmadim.


"Stad de Frans"dagi diktor xar 2-3 daqiqada odamlarga xotirjamlikni saqlash kerakligini aytib turdi, ammo so'zlar yordam bermasdi, chunki samoda policiya vertolyotlari uchardi, halok bo'lganlar soni ortib borayotgani haqida xabarlar kelayotgan edi.


20-25 daqiqa ichida policiya stadion atrofida xavfsizlikni kuchaytirdi. Tayyorgarlik yakunlanganidan so'ng diktor maydonni tark etish mumkinligini, xavf ortda qolganini malum qildi.


Evakuaciya tartib bilan amalga oshirildi. Qurollangan policiyachilar katta-katta guruhlarni tezda qurshab oldi. Har 15-20 metrda mahalliy maxsus xizmat vakillari qurol bilan turar edi. Hech qaerda odamlar yig'ilmadi. Yo'llarda eng xavfli tumanlarga olib boruvchi yo'llar yopildi.


Avtobusda chiroqlar va shunga o'xshash narsalarni o'chirishni so'rashdi. Smartfonlardan eng kam yorug'likda foydalanish mumkin edi. "Aks xolda biz nishonga aylanishimiz mumkin" - deya baqirdi bir kishi.


"Stad de Frans" stadioni atrofida uch portlash sodir bo'lganidan xabar topdim. Policiya malumotlarga ko'ra, maxsus belbog'i bilan bombani tanasiga boylab olgan kishi portlash uyushtirgan.


Boshqa telekanallarning xabar qilishicha, o'zini portlatganlar ikki kishi bo'lgan, uchinchi joyda esa granata portlagan. Gazetalarning malumotlariga ko'ra, portlashlar McDonald’s yonida ("Stad de Frans"ning D kirish yo'li atrofida) va Event kafesida bo'lgan.


Portlashlar natijasida 5 kishi halok bo'lgan, 11 nafari esa og'ir ahvolda, yana 30 kishi turli darajadagi jarohat olgan.


Franciya terma jamoasi shanba kunga belgilangan barcha tadbirlarni bekor qildi, mashg'ulotni ham. Nemislar "Stad de Frans"da qolishdi, chunki mehmonxona tomon yo'lda xavfsizlikka kafolat yo'q edi. Natijada futbolchilarni policiya hamrohligida bir necha mikroavtobusda olib chiqib ketishdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика