"Parij tarixdagi eng kuchli himoyachilardan birini qarshi olmoqda" - PSJ prezidenti Ramos haqida

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2021, 20:40
PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi Serxio Ramos xaridi haqida gapirdi.

"Bugun Parij tarixdagi eng kuchli himoyachilardan birini qarshi olmoqda. Serxio Ramosning jamoamizga qo'shilganini e'lon qilishdan xursandmiz.

Serxio - kurash uchun tug'ilgan yetakchi va haqiqiy professional. Uning katta tajribasi bizning klubimizga ideal darajada to'g'ri keladi. 

Ramosni PSJ libosida ko'rib, faxr-iftixor tuyg'usini boshdan kechiryapman. Muxlislarimiz uni yaxshi kutib olishlariga ishonaman", – dedi Al Xelayfi.

Eslatib o'tamiz, "Real" sharafini 16 yil himoya qilgan Serxio Ramos PSJga erkin agent sifatida o'tdi.

Ispaniyalik o'tgan mavsumda "Real" uchun La Ligada 15 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr