Parij-2024. Rekordlar va statistika
22 iyu 11:10
Yangiliklar
Parij-2024. Rekordlar va statistika
105000
1968 yil Meksikaning Mexiko shahrida o'tkazilgan Olimpiadaning bronza medali uchun Yaponiyaga qarshi bahsda mezbonlarni qo'llab-quvvatlash uchun "Acteka" stadioniga 105 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurdi. Biroq mahalliy muxlislarning hafsalasi pir bo'ldi, sababi yaponlar 2:0 hisobida g'alaba qozonib, shohsupaga ko'tarilgan dastlabki Osiyo jamoasiga aylandi.
2360
Olimpiya o'yinlarida hozirga qadar shuncha gol urilgan bo'lib, ularning eng so'nggisi Tokio Olimpiadasi oltin medali uchun kechgan o'yinda raqib darvozasini braziliyalik Malkomga tegishli sanaladi. Mazkur raqam 2500 taga etishi uchun Franciyadagi musobaqa urilgan gollar bo'yicha yangi rekord o'rnatishi kerak.
135
Bir musobaqa davomida eng ko'p urilgan gol miqdori shunchani tashkil etadi. 1952 va 1972 yilgi o'yinlarda darvozalar 135 marotaba ishg'ol qilingan.
98
Olimpiya o'yinlarida 98 ga yaqin xet-trik qayd etilgan. Eng so'nggi trebl ispaniyalik Rafa Mir tomonidan qayd etilgan bo'lib, u Tokio Olimpiadasidagi Kot-d'Ivuar ustidan qozonilgan g'alabada uchta to'p kiritgan.
72
1992 yil Barselona Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilgunga qadar 72 yil mobaynida hech bir mezbon mamlakat oltin medalni qo'lga kirita olmadi. Luis Enrike va Pep Gvardiola kabi mohir futbolchilarni o'zida jamlagan Ispaniya terma jamoasi noxush ananaga barham berishga qaror qilib, finalga qadar darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va hal qiluvchi bahsda Polshani 3:2 hisobida mag'lub etdi.
38
38 yosh-u 243 kunlik Rayan Giggz 2012 yilgi London Olimpiadasida Birlashgan Arab Amirliklari darvozasini ishg'ol qilib, musobaqa tarixida gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi.
18
Futbol bo'yicha Olimpiya o'yinlarida urilgan eng ko'p gol 1908 yil sodir bo'lgan, o'shanda Londondagi turnirning yarim finalida Daniya Franciyani 17:1 hisobida mag'lub etgan. Superyulduz hujumchisi Sofus Nilsen gollardan o'ntasiga mualliflik qildi. SHuningdek, germaniyalik Gotfrid Fuks ham 1912 yil Rossiya darvozasini o'n marotaba ishg'ol qilgan.
15
Faqatgina 15 nafar futbolchi Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatida g'olib chiqqan. Anxel Di Mariya va Lionel Messi jahon urushidan keyingi davrda ushbu muvaffaqiyatga erishgan yagona futbolchilar sanaladi.
Rio Olimpiadasi doirasida Braziliya — Gonduras uchrashuvida Neymar 15 soniyada raqib darvozasiga to'p kiritib, eng tezkor gol muallifiga aylandi. Mazkur bahsda mezbonlar 6:0 hisobida g'alaba qozondi va turnir yakunida shohsupaning eng yuqorisiga ko'tarildi.
12
Tokio-1964 Olimpiadasida oltin medal sohibi bo'lgan vengriyalik Ferenc Bene 12 ta to'p kiritib, bitta musobaqada gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.
7
1936 yildan 1992 yilga qadar o'tkazilgan musobaqalarda oltin medal faqatgina Evropa mamlakatlariga nasib etgan bo'lsa-da, oxirgi ketma-ket etti turnirdan beri bosh sovrin qo'hna qitaga yo'l olmadi. 1996 yil Nigeriyaning tarixiy chempionligi bilan boshlangan seriyani Tokio Olimpiadasida Braziliya davom ettirdi.
Braziliya shu paytga qadar jami ettita medal qo'lga kiritgan holda shohsupaga eng ko'p ko'tarilgan jamoa bo'lib turibdi. Janubiy Amerika mamlakatida ikkita oltin, uchta kumush va ikkita bronza medali mavjud.
5
Oltita konfederaciyadan faqatgina Osiyo futbol konfederaciyasi mamlakatlari oltin medalni qo'lga kiritishmagan. Buyuk Britaniya 1900 yil g'olib chiqdi, to'rt yildan so'ng Kanada chempionlar safiga qo'shildi. 1924 yil Urugvay Janubiy Amerikaga oltin medal olib qaytdi. 1996 yil esa Nigeriya Afrikaning shohsupaning eng yuqorisidan o'rin olishiga zamin yaratdi. Osiyoliklarda esa faqatgina bronza medallari mavjud.
4
Yugoslaviya ketma-ket to'rtta finalda qatnashgan yagona mamlakat hisoblanadi. Evropaliklar 1948 yil London, 1952 yil Xelsinki va 1956 yil Melburnda kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 1960 yilgi Rim Olimpiadasida oltin medallarga ega chiqdi.
2
Vengriyalik Dejyo Novak va argentinalik Xaver Maskerano jahon urushidan keyin ikkitadan oltin medal qo'lga kiritgan kam sonli futbolchilardan sanaladi. Dejyo Tokio-1964 va Mexiko-1968, Xaver esa Afina-2004 va Pekin-2008 o'yinlarida muvaffaqiyat qozonishgan. 1960 yil Rimda bronza medalini qo'lga kiritgan Novak Olimpiadaning uchta medali bilan maqtana oladigan yagona futbolchidir.
0
Argentina o'z darvozasidan birorta to'p o'tkazmasdan oltin medal qo'lga kiritgan yagona mamlakat hisoblanadi. Marselo Belsa qo'l ostidagi jamoa 2004 yilgi Afinadagi turnirda chempionlikka erishib, barcha sport turlarini umumlashtirganda, 52 yil deganda mamlakatiga oltin medal tuhfa etdi.
Parij-2024. Har bir terma jamoadagi katta yoshli futbolchilar
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar