Paolo Rossi: "Zlatan "Milan"ni qutqara olmaydi"
10 noy 2019 17:25
Yangiliklar


Paolo Rossi: "Zlatan "Milan"ni qutqara olmaydi"
Italiya termasining sobiq hujumchisi Paolo Rossi "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovichning "Milan"ga o'tishi mumkinligi borasidagi fikrlarni bildirdi.
"Qaytadimi yoki yo'q, bilmayman. U katta kareraga ega futbolchi, biroq "Milan"ning barcha muammolarini yopib tashlay olmaydi. "Milan" bu bilan bir teshikni yopishi mumkin, biroq suv boshqa teshikdan oqaveradi. SHuningdek, bu investiciya 6 oygina davom etadi, bundan nima mano? Jamoadagi muammolar talaygina.
Jampaoloning tayinlanuvi anchagina g'alati qaror bo'lgandi. Biroq uning g'oyalarini singdirgani vaqt berish kerak edi. Endi "Milan" kelajak uchun asos yig'ishni maqsad qilgani maqulroq", - dedi Rossi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar