Pandev yozda faoliyatini yakunlaydimi?
07 fev 2021 14:19
Yangiliklar


Pandev yozda faoliyatini yakunlaydimi?
"Jenoa" hujumchisi Goran Pandev SHimoliy Makedoniya bilan Evro-2020dan so'ng faoliyatini yakunlashi haqida aytgan edi.
Ammo, hujumchi o'ylab ko'rishi mumkin. U bu haqda Italiya chempionati doirasidagi "Napoli" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng (dubl qayd etdi) aytib o'tdi.
"Oxirgi jarohatimni tiklash uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim. Ammo men hali ham o'yindan zavqlanmoqdaman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Ko'ramiz. Evrodan so'ng faoliyatimni yakunlayman deb o'ylayman, ammo hali hammasi aniq emas", - deydi Pandev.
Eslatib o'tamiz, yozda Goran Pandev 38 yoshni qarshi oladi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar