Pahlavon Mahmud diyoridan tabrik
27 iyu 2014 09:33
Yangiliklar
Pahlavon Mahmud diyoridan tabrik
1996 yildan 2007 yilgacha “Sport” va “O'zbekiston futboli” gazetalarining Xorazm viloyati bo'yicha muxbiri vazifasida ishladim.
Dastlabki yillarim edi. Sport jurnalistikasi endigina rivojlanib borayotgandi. Ushbu sohada qalam tebratayotganlar oz edi, o'shanda. Quvonarlisi, bugungi kunda mamlakatimizda ko'plab sport va futbol nashrlari, internet saytlari faoliyat yurityapti. Sport jurnalistikasida ijod qilayotganlarning soni ham keskin oshgan.
Mana bugun, mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Mubolag'a emas, ushbu qutlug' ayyom shu soha vakillariga faxr hissini bag'ishlayotir. Fursatdan foydalanib, yurtimiz sport jurnalistikasida munosib o'rin egallashimda yaqindan yordam berishgan, o'zlarining foydali maslahat va ko'rsatmalari bilan meni ruhlantirishgan hurmatli ustozlarim Safar OSTONOV, Asror MO'MIN, Axbor IMOMXO'JAEV, Komil JUMAEV, Haydar AKBAROV, Asliddin BOLIEV va birga ishlashgan barcha hamkasblarimni, shuningdek, championat.asia sayti ijodkorlarini, viloyatlarda jonbozlik ko'rsatayotgan hamkasb-do'stlarimni, qo'yingi mamlakatimizda izchil faoliyat yuritayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan chin ko'ngildan tabriklayman va ijodlariga baraka tilayman. Hayotingiz quvonchli kunlarga to'la bo'lsin. Xonadoningizdan sevinch va omad sira arimasin. QUTLUG' AYYOMINGIZ MUBORAK, HAMKASBLAR!
Sizga hurmat va ehtirom bilan
Ikrom XUDOYBERGANOV,
Urganch shahri.

Fikrlar