O'zMTRK Sport telekanali El-Klasikoni namoyish etmaydi
22 mar 2014 12:50
Yangiliklar

O'zMTRK Sport telekanali El-Klasikoni namoyish etmaydi
O'zMTRKning Sport telekanali futbol bo'yicha Ispaniya chempionati doirasidagi Madridning Real va Kataloniyaning Barselona jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni namoyish etmaydi.
Bu haqda Sport telekanalidagi manbalar malum qildi.
Toshkent vaqti bilan 24 mart, dushanbaga o'tar kechasi soat 01:00da Ispaniya chempionati 29-turi doirasida Real Madrid – Barselona uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin Madriddagi Santyago Bernabeu stadionida bo'lib o'tadi.
Malum bo'lishicha, Sport telekanalida Ispaniya chempionatini namoyish etish huquqi bo'lmagani sabab, joriy dam olish kunlarining eng markaziy uchrashuvini o'zbekistonlik futbol muxlislari O'zMTRK orqali tomosha qila olishmaydi.
Hozirgi vaqtda Sport telekanali faqat Germaniya va Franciya chempionatlarini hech bir cheklovlarsiz namoyish etmoqda. 2014 yil martidan boshlab telekanal Angliya Premer-ligasi uchrashuvlari namoyishini boshladi, biroq bu, telekanal vakillarining so'zlariga ko'ra, to'liq ko'rinishdagi translyaciya emas.
Eslatib o'tamiz, O'zMTRK Sport telekanali 2013 yil may oyi boshidan futbol bo'yicha Angliya, Ispaniya va Italiya chempionatlari uchrashuvlari translyaciyalarini to'xtatgan. Bunga ushbu chempionatlar translyaciya huquqiga egalik qiluvchi kompaniyalarning davolari sabab bo'lgan, deb xabar berilgan edi.

Fikrlar