O'zini kasal qilib ko'rsatib, "Tottenxem" - "Ayaks" o'yiniga borgan futbolchi klubsiz qoldi

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 18:12
Gollandiyaning ikkinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Telstar" klubi hujumchi Yordi van der Lan bilan shartnomani bekor qildi.

25 yoshli futbolchi o'zini kasal qilib ko'rsatib, klubdan yashirincha "Tottenxem" hamda "Ayaks" o'rtasidagi bahsga borgani uchun klubsiz qoldi.

"To'g'ri, bu noqulay vaziyat. Klub bilan muloqot qildik va yaxshi munosabatda xayrlashishga qaror qildik. O'zimni kasal qilib ko'rsatdim, chunki meni qo'yib yubormasliklarini bilardim. Bundan tashqari jamoa hech narsaga da'vogarlik qilmayapti va men kam o'yin amaliyotiga ega bo'lyapman. Agar hammasi boshqacha bo'lganida Londonga bormas edim.

O'yindan oldin klubga sog' ekanligimni va Londondagiligimni ma'lum qildim. Ular meni televizorda ko'rib, hayron bo'lishmaganiga ishonaman" - deydi van der Lan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ijmuidercourant.nl