O'zil faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
07 iyu 2020 10:44
Yangiliklar
O'zil faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Germaniyalik yarim himoyachi "to'pchilar" tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'ydi.
"Arsenal" xavbeki Mesut O'zil yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin. "Fenerbaxche" 31 yoshli germaniyalik futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor.
Xabar qilinishicha, o'yinchining o'zi ham Turkiyaga yo'l olishga qarshi emas.
O'zil joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar