So’nggi yangiliklar

02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  0 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  3 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  1 01:11Холанд қайтди  0 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  11 00:01Европа лигаси ярим финалларидан онлайн ҳисоб  30 00:00Конференциялар лигаси ярим финалидан онлайн ҳисоб!  3 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  1 22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  1 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  4 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  13 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  3 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  7 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  8

O'zbekistonning Suriyaga qarshi o'yini "Milliy"da o'tishi to'g'rimikin? Kechagi bahsdan keyin stadion chimi ayanchli holga keldi. FOTOFAKT Yangiliklar

O'zbekistonning Suriyaga qarshi o'yini "Milliy"da o'tishi to'g'rimikin? Kechagi bahsdan keyin stadion chimi ayanchli holga keldi. FOTOFAKT

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda KXDRni yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

O'zbekiston terma jamoasi KXDR darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi

Uchrashuv haqida batafsil malumotlar, suratlar va intervyularni allaqachon saytimiz orqali o'qib ulgurdingiz.

FOTO  "Milliy"da muxlislar 4ta gol ko'rgan uchrashuvdan GALEREYA 

Kechagi bellashuv chimi mutlaqo yangilangan "Milliy" stadiondagi ilk rasmiy maqomdagi bahs bo'ldi. SHu yilning 17 may sanasida O'FA matbuot xizmati "Milliy" stadion chimi o'yinlarga tayyor holga kelgani haqida xabar bergan edi. Unga ko'ra, yangi chim O'FA buyurtmasiga asosan Turkiyaning "Iren" kompaniyasi tomonidan yangilangan. Oradan 3 hafta vaqt o'tdi va biz stadionda dastlabki rasmiy maqomdagi uchrashuvni kuzatdik. Afsuski, stadion chimi tayyor emas. Quyida chimning kechagi o'yin payti va yakunlanganidan keyingi ayanchli holini suratlar yordamida etiboringizga havola etamiz.

O'yindan oldin. Bir qarashda hammasi ideal holatda.


Bu inson esa stadion chimining holatiga javobgar shaxs bo'lsa kerak, har holda kecha va undan oldin ham aynan u chimni ko'zdan kechirib yurgandi. O'zbek emasligi etibor qaratadigan bo'lsak, "Iren" kompaniyasi xodimi bo'lsa kerak.


Dastlabki daqiqalardagi ilk keskin vaziyat va chim o'z joyidan ko'chib ketdi.


Doston Tursunov o'sha joyni epaqaga keltirib qo'yishga harakat qildi.


Juda xunuk ko'rinish.


Birinchi bo'limning o'zija maydon maysasi titilib ketishni boshladi.


Odil Ahmedov va raqibning 15-raqamdagi o'yinchisi Ri Un CHol to'p uchun havoda kurashish maqsadida sakragan vaziyatda chimga etibor qarating.


Bunisiga esa achinish mumkin.


Birinchi bo'limdan keyingi ayrim "yama"lar.


Bunday chuqur o'yinchilarning jarohat olish ehtimolini ham oshirib yuborishi hech gap emas.


Uchrashuv yakunlanganidan keyingi holat.


CHim qo'pol qilib aytganda sholi ekib chiqilgan erga o'xshab qolgandek...


Yodingizda bo'lsa, shu stadion chimi bundan oldingi yangilanganda ham birinchi o'yin terma jamoamiz ishtirokida o'tkazilgan va o'shanda ham chimning rasvosi chiqib ketgan edi. Tarix yana takrorlandi.

"Milliy" stadion chimini ideal darajaga olib chiqish uchun nima etishmayotgani bizga qorong'u. Stadionga tabiiy quyosh etarlicha tushmaydi deyilsa, u holda Angliyadagi eng yaxshi maydon hisoblangan "Old Trafford"ni ham asosan xuddi "Milliy"da bo'lgani kabi suniy quyosh bilan parvarishlashadi. "Orzular teatri"dagi chim har mavsum oldidan olib tashlangan holda mutlaqo yangisi yotqiziladi. Ammo, har yili eng yaxshi chimga ega stadion bo'laveradi. Vaziyatni o'nglash borasida qaerda va qanday kamchilikka yo'l qo'yilayotgani bizga nomalum. Balki, chim erga singib olishi uchun 2-3 oy vaqt kerakdir. Ungacha bu stadionda o'yinlarni o'tkazib turmagan maquldir. Har holda 100 % tayyor bo'lmagan stadionda o'ynab uni yana uzoq muddatga yo'qotgandan ko'ra, yana 2-3 oy sabr qilib parvarishni kuchaytirgan yaxshiroqmikin?!


Tolibjon Qosimov

Reyting: -73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика