Yaypanda yangi jamoa tashkil qilindi
01 may 2025 19:14
Yangiliklar
Yaypanda yangi jamoa tashkil qilindi
Bu haqda Championat.asia muxbiri Bekzod Tolibov malum qildi.
"Milliy chempionatlarimizda ayni shu nom ostida ishtirok etadi.
Maqsad va vazifalari jiddiy qaralayotgan jamoa. "Yaypan" futbol klubi sobiq "Turon" infratuzilmasidan foydalanadi. Klub davlat tomonidan, xususan, hokimlik tomonidan moliyalashtiriladi. Bugundan futbol klubi dastlabki qadamlarini boshladi, sobiq "Turon"chilar ortga qaytarilyapti. Klubning ayni damdagi smetasi ham anchayin yaxshi, shu mavsumning o'zidayoq qator mahalliy taniqli nomlar jamoa tarkibiga jalb etiladi. Milliy chempionatlarimizdagi barcha bosqichlar sport tamoyillariga asoslangan holda bosib o'tiladi, Superliga sari yo'l. Шu yilning o'zidayoq mahalliy yosh iqtidorlar klubning turli yoshdagi jamoalariga jalb etiladi. Futbolsevar Yaypan ahli uchun katta futbol qaytyapti.
Klub logotipidagi shakllar aynan "Do'stlik" stelasi ramzini aks ettiradi", – deyiladi Tolibov xabarida.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar