So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

O'zbekistonning eng boy klubini bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekistonning eng boy klubini bilasizmi?

Futbolda aylanadigan pullar masalasi hech qachon muxlislarni befarq qoldirmaydi.

SHuning uchun Coca-Cola Superliganing eng qimmatbaho futbolchisi Odiljon Hamrobekov ekanini barcha bilsa kerak. Yoki chempionatimizda tarkibining umumiy qiymati borasida Toshkentning "Paxtakor" klubi etakchi bo'lib turganini ochiq manbalardan topsa bo'ladi.

Ammo shunday savollar borki, kunduzi oyoqyalang yugurib ham javob topolmaysiz. Masalan, ayni paytda O'zbekistonning moliyaviy jihatdan eng baquvvat klubini bilasizmi? Javobingiz inkor shaklda bo'lsa, kuchli uchlik siz uchun:

3. "Nasaf" 

Oxirgi yillarda Qashqadaryo klubi iqtisodiy jihatdan beqaror kunlarni boshdan o'tkazdi. Joriy mavsum ham Ro'ziqul Berdiev jamoasi asosiy raqobatchilariga nisbatan ancha yomon sharoitda ishlayotgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, "ajdarlar"ning 2022 yildagi xarajatlar smetasi 61 milliard so'mni tashkil qiladi. Bu raqam Superligada uncha-muncha jamoalarning havasini keltirishi aniq.

SHunga mos ravishda "Nasaf" O'zbekiston chempionatida barchadan yaxshiroq natija qayd etyapti. Ayni paytda Berdiev shogirdlari OCHL guruh bosqichini ham muvaffaqiyatli yakunlaganini unutmaslik kerak. Jamoa tarkibidagi eng qimmatbaho futbolchilar — Oybek Bozorov bilan Husayn Norchaev (800 ming evro).

2. "Paxtakor"

Toshkent grandi bu yil moliyaviy kuch borasida 2-o'ringa tushib qoldi. "SHerlar"ning 1 yillik xarajatlar smetasi 68 milliard so'mni tashkil qiladi (SHuningdek, yozda Hojimat Erkinovning transferidan 220 ming dollar ishlab olingan edi). Hozircha Maksim SHackix shogirdlari musobaqa jadvalida ham 2-pog'onada borishyapti. Jamoa tarkibidagi eng qimmatbaho futbolchi Odil Hamrobekov bo'lib, uning transfer qiymati 1 mln evroga teng.

1. "Navbahor"

"Lochinlar"ni grand klubga aylantirish uchun so'nggi yillarda katta mablag'lar sarflab yuborildi. Namangan klubining joriy mavsum uchun xarajatlar smetasi esa barchanikidan kattaroq bo'lib, deyarli 84 mlrd so'mni tashkil qiladi. Mos ravishda Samvel Babayan shogirdlari kubok va chempionat g'olibligi uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turishibdi.

Sizningcha, 2022 yil uchun eng kichik smeta qaysi jamoaga tegishli? Ertaga shu haqda malumot beramiz.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика