

BAA – O'zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VAR'da esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O'zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VAR'da esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni 21:00 da boshlansa, O'zbekiston – Qatar bahsi 10 iyun kuni 18:45 da start oladi.



