O'zbekistonlik yosh futbolchilar Ginnes rekordini o'rnatishda ishtirok etishadi
25 may 2019 12:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/497591_original.jpg)
![](/upload/storage/497591_220.jpg)
O'zbekistonlik yosh futbolchilar Ginnes rekordini o'rnatishda ishtirok etishadi
Mazkur loyihada dunyoning 211 mamlakatidan tashrif buyuradigan turli millat va elat vakillari qatnashadi. Loyihaning yakuniy tadbirlari shu yilning 28 may - 2 iyun kunlari Ispaniyada o'tkazilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
Madrid shahrida o'tadigan "Futbol do'stlik uchun" loyihasi doirasidagi futbol bo'yicha Jahon chempionatida maydonda bir vaqtning o'zida turli millat vakillari ishtirokida mashg'ulot o'tkaziladi. Mazkur mashg'ulot "bir vaqtning o'zida eng ko'p millat vakillari ishtirok etgan futbol bo'yicha mashg'ulot" sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o'rin olishi mumkin. Mashg'ulotni GUINNESS WORLD RECORDS rasmiy hakamlari kuzatib borishadi.
Mashg'ulot davomida ishtirokchilarni bevosita maydondan jahon futboli afsonasi Franc Bekkenbauer qo'llab-quvvatlab turadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar