O'zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari Ravshan Ermatovni jahon trendiga olib chiqishdi
11 iyu 2014 16:50
Yangiliklar
O'zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari Ravshan Ermatovni jahon trendiga olib chiqishdi
Twitter’ning o'zbekistonlik foydalanuvchilari 11 iyul, juma kuni FIFA referisi – Ravshan Ermatovga bag'ishlangan heshtegni jahon trendiga olib chiqishdi.
#IrmatovBest heshtegi qisqa vaqt davomida, lekin bir necha bor xalqaro trendlar ro'yxatida ko'ringan. Twitter foydalanuvchilari orasida ushbu vaziyatdan olingan skrinshotlar keng tarqalgan.
Qayd etish joiz, o'zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari bungacha ikki marta – 2012 yili O'zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi arafasida #uzb21, 2013 yili esa Mustaqillikning 22 yilligi arafasida #uzb22 heshteglarini trend darajasiga ko'tarishgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik FIFA referisi Braziliyada davom etayotgan futbol bo'yicha JCH-2014da Germaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvini boshqarish uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.

Fikrlar