O'zbekistonlik darvozabon Ukraina klubiga o'tdi
23 fev 2017 13:04
Yangiliklar
O'zbekistonlik darvozabon Ukraina klubiga o'tdi
"Neftchi" klubi posboni Sergey Smorodin faoliyatini Ukrainaning "CHernomorec" klubida davom ettiradi.
Futbolchi kuni kecha Odessa klubi bilan shartnoma tuzdi. "CHernomorec" Ukraina premer ligasida ishtirok etadi. Ayni paytda jamoa 18ta turdan so'ng 23 ochko bilan 12 klub orasida 7-pog'onada bormoqda.
Sergey Smorodin 1994 yil 15 fevral Toshkentda tug'ilgan.
Bo'yi - 186 sm
og'irligi - 80 kg.
Paxtakor klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Smorodin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida Meksikada o'tgan mundialda ishtirok etgan.
Oliy ligada Paxtakor, Andijon va Neftchi klublari sharafini himoya qilgan.
CHernomorec safida futbolchimiz 30-raqamda o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
10:36
Rasman: "Istiqlol" stadionida O'zbekiston kubogi finaliga qadar birorta o'yin o'tkazilmaydi 11
Fikrlar