So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  0 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

⚡️ O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi Yangiliklar

⚡️ O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciya (IFFHS) 21 asrda milliy birinchiliklar (yuqori divizionlar)da eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdi.

Unda etakchi sifatida Krishtianu Ronaldu qayd etildi. 37 yoshli forvard hisobida 498 ta gol mavjud. Ronaldu Portugaliya, Angliya, Ispaniya hamda Italiya chempionatlarida harakat qilgan. Undan keyingi o'rinlardan Lionel Messi hamda Zlatan Ibragimovich joy oldi.

Top-10 esa quyidagicha:

1. Krishtianu Ronaldu – 498 ta gol;

2. Lionel Messi – 487;

3. Zlatan Ibragimovich – 392;

4. Luis Suares – 364;

5. Robert Levandovski – 357;

6. Nikolas Munos – 328;

7. Aleksandar Jurich – 304;

8. Xose Alfredo Kastilo – 289;

9. Ali Ashfaq – 288;

10. Martin Kamburov – 287.

SHu bilan birga reytingda o'zbekistonlik ikki futbolchi ham bor va ular 200+ gol urgan 89 futbolchidan pastroqda joylashishgan. “Temiryo'lchi”, “Mashal”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Andijon” va “Istiqlol” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Anvar Berdiev XXI asrda 164 ta gol urgan va u bu borada Rud Van Nistelroy (159 gol), Alessandro del Pero (152) kabi futbolchilardan yuqoriroqda turibdi. SHuningdek, Berdiev XX asrda milliy chempionatda 61 ta gol urgani ko'rsatilgan.

Bundan tashqari, to'purarlar qatorida Zafar Xolmurodovning nomi ham bor. O'zbekiston MTJ sobiq azosi “Hisor, “Nasaf”, “Mashal”, “Dinamo”, “Xorazm”, “Olmaliq” kabi jamoalarda to'p tepgan. U 21 asrda 151 ta, o'tgan asrda esa 49 ta gol urgan, umumiy gollari soni 200 taligi ko'rsatilgan.

Malumot o'rnida, Anvar Berdiev O'zbekiston chempionatida 505 o'yinda qatnashib, umumiy 225 ta gol urgan va u bu borada rekordchi hisoblanadi. Zafar Xolmurodov 200 ta gol bilan keyingi o'rinda bo'lsa, kuchli uchlikka SHuhrat Mirxoldirshoev yakun yasagan – 194 ta gol.

IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика