O'zbekistonda tug'ilib, APLda o'ynagan Piter Odemvingie futbol bilan xayrlashdi
03 apr 2019 22:05
Yangiliklar


O'zbekistonda tug'ilib, APLda o'ynagan Piter Odemvingie futbol bilan xayrlashdi
Nigeriyalik hujumchi Piter Odemvingie futboldagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
37 yoshli Odemvingie 1981 yilning 15 iyulida Toshkentda istiqomat qilgan nigeriyalik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. Futboldagi ilk saboqlarini u yurtimizda olgan.
Keyinchalik Rossiyaning KAMAZ va CSKA yoshlar jamoalarida o'ynagan. Piter Franciyaning “Lill”, Rossiyaning “Lokomotiv” va Angliyaning “Vest Bromvich”, “Kardiff Siti”, “Stok Siti” klublaridagi faoliyatini bilan tanilgan. Nigeriyalik futbolchining oxirgi jamoasi Indoneziyaning “Madura Yunayted” klubi bo'lgan.
Odemvingie faoliyati davomida Belgiya Kubogi sohibiga aylangan. 2009-yilda Nigeriyada “yil futbolchisi”, shuningdek, APLda 3 bora (2010/11 mavsum – sentyabr, aprel; 2011/12 mavsum – fevral) “oy futbolchisi” nomiga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar