So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Piter Odemvingie 2019 yil "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin edi Yangiliklar

Piter Odemvingie 2019 yil "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin edi

Futbol agenti Raul Abdurahmonov "Fint Turaeva" podkastida Piter Odemvingie 2019 yilda "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi.

- Biz muzokaralar olib bordik. Piter bu erga qishda keldi va o'tishga tayyor edi. Ammo, o'shanda "Bunyodkor" rahbariyati va bosh murabbiyini tushunmadim. Haligacha nega ularning fikrlaridan qaytganlarini tushunmayman. Biz hammasini kelishgandik, ammo men bir xatoga yo'l qo'ydim – hech qanday hujjatga qo'l qo'ymadim. Rasmiy so'rov, taklif berish mumkin edi. "Bunyodkor" rahbariyatining so'zlariga ishondim va ular barchasini orqaga tortishdi.

Odemvingie xafa bo'lmadi. U ushbu transferni amalga oshira olmaganimiz uchun bizga xavotirlandi. Bu biz uchun birinchi bitim bo'lardi. U Toshkentga kelganidan mamnun edi.

"Bunyodkor" o'shanda buning qanchalar foydali bo'lishini tushunmadi. Piter yaxshi formada edi va yozgacha shu erda o'ynamoqchi edi. U faoliyatini o'z vatanida juda chiroyli yakunlamoqchi edi. Odemvingie o'shanda Britaniya telekanallaridan birida ekspert bo'lib ishlardi va ularga shartnomani imzolash paytida O'zbekistonga chaqirishini aytgandi. Yarim yildan so'ng faoliyatini yakunlashni va xayrlashuv uchrashuviga APLdagi do'stlari – Runi, Fellaini va ko'plab boshqa o'yinchilarni taklif qilmoqchi edi.

Bu yana bir klublarimizda marketing bo'yicha mutaxassislarning yo'qligini tasdiqlaydi. "Bunyodkor" o'shanda bu qanchalik chiroyli voqea bo'lishini tushunmagandi.


Raul Abdurahmonov bilan "Fint Turaeva" podkastining (rus tilida) to'liq versiyasi:


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика