"Paxtakor" sobiq ustozi Xyuistra Indoneziya klubi bosh murabbiyiga aylandi
21 fev 2023 13:20
Yangiliklar
"Paxtakor" sobiq ustozi Xyuistra Indoneziya klubi bosh murabbiyiga aylandi
Samarindaning "Borneo" klubi Piter Xyuistrani bosh murabbiy etib tayinladi.
Niderlandiyalik mutaxassis rasman "Borneo" ustozi sifatida tanishtirildi. Mazkur jamoa ayni paytda Indoneziya chempionatida 41 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.
Avvalroq "Bunyodkor" niderlandiyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirgandi.
Alohida aytish joiz, Piter 2018-2020 yillarda gruziyalik murabbiy SHota Arveladzening assistenti vazifasini bajargan, so'ngra u ketgach, "Paxtakor" bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan edi.
Fikrlar