So’nggi yangiliklar

23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  1 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  10 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  27 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  8 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1 18:41Қатор топ клублар ПСЖ футболчиси учун курашади  1 18:12"Чадормалу Ардакан" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0

O'zbekistonda Ravshan Ermatovni Twitter trendiga olib chiqishga qaror qilishdi Yangiliklar

O'zbekistonda Ravshan Ermatovni Twitter trendiga olib chiqishga qaror qilishdi

O'zbekistondagi internet foydalanuvchilari Braziliyada davom etayotgan futbol bo'yicha jahon chempionatida ishlayotgan o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzular (trendlar) qatoriga olib chiqishga qaror qildi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari xabar berishmoqda.

Twitter’da O'zbekiston estradasi vakillarining Ravshan Ermatovning surati va #IrmatovBest heshtegi tushirilgan lavhani ko'tarib tushgan fotosuratlari paydo bo'ldi. Ular orasida xonandalar Tohir Sodiqov, Ravshan Komilov, Ulug'bek Rahmatullaev, Sardor Rahimxon, Alisher Fayz, Oybek va Nigora, Lola, Manzura, Ziyoda va boshqalarni ko'rish mumkin.

Etiborli tomoni, xonandalarning barchasi Uzbek Apparel libos brendi tomonidan tayyorlanadigan, milliy naqshlar fonida ingliz tilida O'zbekligimdan faxrlanaman (Proud to be Uzbek) yozuvi tushirilgan futbolkalarda suratga tushgan. Qayd etish joiz, FIFA referisi Ravshan Ermatovning o'zi ham Uzbek Apparel’ning aynan shunday libosini kiyib tushgan surati internetda mashhur.

Umuman, ushbu tadbirning tashkilotchisi kim ekanligi haqida ham rasmiy axborot berilmagan. O'zbek estradasi vakillari va ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilari Ermatovga bag'ishlangan #IrmatovBest (Ermatov – eng zo'r) heshtegini trendlar qatoriga 11 iyul, juma uni 16:00da olib chiqishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov Braziliya davom etayotgan futbol bo'yicha JCH-2014da to'rtta o'yinda (guruh bosqichida uchta, chorak finalda bitta) hakamlik qildi. JCH-2010dagi o'yinlarini qo'shib hisoblaganda, Ermatov jahon chempionatlari final bosqichida eng ko'p – to'qqizta o'yin boshqargan hakam sifatida futbol tarixidan joy oldi.

Hozirgi vaqtda Ravshan Ermatov JCH-2014 final uchrashuvini boshqarish uchun eng asosiy davogar bo'lib turibdi. Xususan, bukmekerlik idoralari Ermatovning imkoniyatlarini final o'yinida ishlashi mumkin bo'lgan boshqa barcha hakamlarnikidan yuqori baholamoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика