So’nggi yangiliklar

20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  0 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  15 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9

O'zbekistonda Andrey Kanchelskis akademiyasi ochilishi mo'ljallanmoqda Yangiliklar

O'zbekistonda Andrey Kanchelskis akademiyasi ochilishi mo'ljallanmoqda

"Paxtakor" futbol klubi Prezidenti Bobur SHodiev va "So'nmas yulduzlar" xalqaro xayriya jamg'armasi Prezidenti Yuriy Bocionov kelishuvga imzo chekishdi.

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuviga Andrey Kanchelskisning tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. Ushbu tashrif doirasida u vice-prezident sifatida faoliyat olib borayotgan jamg'arma "Paxtakor" futbol klubi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Unga klubimiz Prezidenti Bobur SHodiev va turli halokatlarda hayotdan ko'z yumgan futbolchilarning oilasiga yordam beruvchi "So'nmas yulduzlar" xayriya jamg'armasi prezidenti Yuriy Bocionov imzo chekishdi.


Unga ko'ra, kelajakda ushbu jamg'arma ko'magida "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlangan xayriya uchrashuvlari tashkil etiladi. "Paxtakor" futbol klubi jamoa va o'zbek futboli rivojlanishi yo'lida xizmat qilgan barcha insonlar mehnatini munosib qadrlaydi, ularni hurmat qiladi va yodga oladi. Xayriya uchrashuvlari katta ijtimoiy loyiha ekanini doimo anglaydi. Xayriya o'yinlari o'tkazish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodda "Paxtakor"ning sobiq azolariga nisbatan g'urur hissini uyg'otish, ularni klub tarixidan xabardor etish maqsadlari ham ko'zlangan.


Ushbu jamg'arma turli halokatlar tufayli hayotdan ko'z yumgan sportchilar oilalariga moddiy ko'maklashish, turli mamlakatlarda ommaviy futbolni rivojlantirishga yordam berish, futbol akademiyalari ochish bilan shug'ullanadi. Rossiyada yaqinda Andrey Kanchelskis akademiyasi ishga tushirildi. Bunday akademiyani O'zbekistonda ham ochish mo'ljallanmoqda.


Ushbu hamkorlik natijasida "Paxtakor"ning 1979 yildagi aviahalokatiga bag'ishlab, joriy yil O'zbekistonning turli shaharlarida turnir o'tkazish mo'ljallangan. Unda jahonga mashhur klublarning 23 yoshgacha va faxriy tarkiblari ishtirok etishlari rejalashtirilmoqda. Turnirda ishtirok etishga rozilik bildirgan jamoalar nomi tez orada malum bo'ladi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика